Ozarbayjon aviakompaniyasi Bokudan Urganchga parvozlarni yo‘lga qo‘ydi

Ozarbayjon aviakompaniyasi Bokudan Urganchga parvozlarni yo‘lga qo‘ydi

Boku-Urganch yo‘nalishidagi ilk reys 28 yanvar kuni soat 22:33 da Urganch aeroportiga kelib qo‘ngan. Muntazam reyslar haftada bir marta — shanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Urganch Ozarbayjon aviatashuvchisi parvoz qila boshlagan O‘zbekistondagi to‘rtinchi shahar bo‘ldi. Bunga qadar Toshkent, Samarqand va Farg‘onaga parvozlarni amalga oshirib kelayotgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!