Ozarbayjon Armanistonga qarshi urush hududini kengaytirmoqchi

Ozarbayjon Armanistonga qarshi urush hududini kengaytirmoqchi

Ozarbayjon to‘g‘ridan-to‘g‘ri Armanistonga qarshi urush va tajovuz geografiyasini kengaytirishga tayyorlanmoqda. Bu haqda Armaniston Tashqi ishlar vazirligi bayonotida aytilgan, deb xabar beradi “Interfaks”.

«Biz Ozarbayjon Mudofaa vazirligining Armanistonning Vardenis viloyati hududidan Ozarbayjonning Dashkesan viloyatiga qadar o‘q otish haqidagi ayblovlarini qat’iyan rad etamiz. Ushbu dezinformasiyadan maqsad harbiy harakatlar geografiyasini kengaytirishga, shu jumladan Armaniston Respublikasiga qarshi tajovuzni amalga oshirishga yo‘l ochishdan iborat», - deyiladi tashqi ishlar vazirligi bayonotida.

Armaniston Tashqi ishlar vazirligi Ozarbayjonning "mintaqaviy tinchlik va barqarorlikni beqarorlashtirishga, uning oqibatlarini mamlakatning harbiy-siyosiy rahbariyati to‘liq zimmasiga olishga" urinishlarini qat’iyan qoralashini bildirdi.

Avvalroq, 29 sentyabr kuni Ozarbayjon harbiylari Qorabog‘ mojarosi doirasidagi janglar paytida nazorat ostiga olingan barcha hududlarni ushlab turgani haqida xabar berilgan edi.

Tog‘li Qorabog‘dagi janglar 27 sentyabrda boshlangan. Ozarbayjonning xabar berishicha, Armaniston kuchlari aloqa liniyasidagi o‘z pozisiyalari va aholi punktlarini o‘qqa tutgan va qarshi hujum e’lon qilgan. Armaniston Ozarbayjonni Arsaxga hujum qilganlikda aybladi.

1991 yilda aholisining aksariyati armanlar bo‘lgan Tog‘li Qorabog‘ Ozarbayjondan mustaqilligini e’lon qildi. Boku mintaqani kuch bilan qaytarishga urindi, urush boshlandi. 1994 yilda Ozarbayjon, Armaniston va tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ Respublikasi, Rossiyaning vositachiligida sulh bayonnomasini imzoladilar. Biroq, harbiy harakatlar vaqti-vaqti bilan yuz berib turadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!