Oybek Kasimov SHHT yig‘ilishida “Toshkent-2025” Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik jarayoni bilan tanishtirdi

Oybek Kasimov SHHT yig‘ilishida “Toshkent-2025” Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik jarayoni bilan tanishtirdi

Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo mamlakat vakillarining jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha vazirlik hamda idoralari rahbarlari ishtirokidagi yig‘ilishi davom etmoqda. Tadbirda ishtirok etayotgan delegatlar kun tartibiga muvofiq o‘z ma’ruza va taqdimotlarini yig‘ilganlarga havola qilishmoqda. Jumladan, unda so‘z olgan O‘zbekiston MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov 2025 yil poytaxtimizda o‘tadigan IV yoshlar Osiyo va Paraosiyo o‘yinlariga olib borilayotgan tayyorgarlik bo‘yicha ma’lumot berdi.

2020 yil dekabr oyida O‘mon Sultonligining Maskat shahrida o‘tgan Osiyo Olimpiya kengashining (OOK) Bosh Assambleyasida Toshkent 2025 yil bo‘lib o‘tadigan Osiyo o‘yinlarini qabul qilish huquqini qo‘lga kiritdi. Bu bo‘yicha OOKning maxsus komissiyasi Toshkentga tashrif buyurib, poytaxtimizning imkoniyatlarini tahlil qildi. Komissiya Toshkent musobaqani bemalol qabul qilishi mumkinligi haqida o‘z xulosalarini taqdim etganiga qaramay, muhtaram Prezidentimiz mazkur O‘yinlarni yuqori saviyada o‘tkazish uchun maxsus Olimpiya shaharchasi va yangi sport ob’ektlarini qurish bo‘yicha ko‘rsatma berdilar. Siz ko‘rib turgan kadrlar “Toshkent-2025” yoshlar Osiyo o‘yinlari uchun barpo etiladigan yangi Olimpiya shaharchasining loyihasidan. 100 gektardan oshiq maydonni qamrab oluvchi ushbu hududda maxsus Olimpiya shaharchasi va bir qator sport turlari uchun yangi ob’ektlar, mehmonlar uchun yotoqxona va boshqa binolarni uchratish mumkin. Ayni paytda loyihaning smeta hujjatlari tasdiqlanish jarayonida va 2024 yilning so‘nggigacha qurilib, foydalanishga topshirilishi ko‘zda tutilgan”, – dedi MOQ Bosh kotibi.

Oybek Kasimov taqdimot davomida yangi quriladigan sport ob’ektlarining o‘ziga xosliklari, qaysi yo‘nalishlarga ixtisoslashgan binolar qurilishi kabi mavzularda batafsil ma’lumot berdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!