Oxirgi 7 soatda koronavirusdan hech kim vafot etmadi — SSV

Oxirgi 7 soatda koronavirusdan hech kim vafot etmadi — SSV

2020 yil 28 sentyabr soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 55 776 (+183) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:
— 146 nafari Toshkent shahrida, 
— 16 nafari Buxoro viloyatida, 
— 13 nafari Andijon viloyatida, 
— 4 nafari Navoiy  viloyatida,
— 4 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Bugun ayni paytga qadar: 
— Toshkent shahrida 167 nafar, 
— Toshkent viloyatida 98 nafar, 
— Namangan viloyatida 54 nafar, 
— Buxoro viloyatida 18 nafar, 
— Andijon viloyatida 13 nafar, 
— Samarqand viloyatida 9 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib, yurtimizda 52 324 (+359) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (94 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizning davolash muassasalarida 2 992 nafar bemor ushbu kasallik tashxisi bilan davolanmoqda. 

Sog‘liqni saqlash vazirligi 
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!