«Ovqatini ichib, choyini ichib, keyin qonini ham ichib ketayapti». Zoyir Mirzayev bog‘chalardagi tekshiruvlar haqida gapirdi

«Ovqatini ichib, choyini ichib, keyin qonini ham ichib ketayapti». Zoyir Mirzayev bog‘chalardagi tekshiruvlar haqida gapirdi

Bugun viloyat hokimligida Qashqadaryo viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi faoliyatiga bag‘ishlangan tanqidiy yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda viloyat hokimi boshqarma boshlig‘i Asror Alimardonovni mas’uliyatsizlikda ayblab, bog‘chalardagi ortiqcha tekshiruvlar haqida gapirdi.

«Bugun hamma tuman va shahar maktabgacha ta’lim bo‘limi rahbarlari bo‘shatiladi. Bundan keyin bo‘lim rahbarlariga hokimlar tavsiya beradi. Ishlayman degan rahbar kelib, o‘zini dasturi va taklifi bilan bizni tanishtiradi»,- deydi Zoyir Mirzayev.

Hokimning aytishicha, hududlardagi bog‘chalarda tekshiruvchilar juda ko‘p bormoqda. Ammo boradigan tekshiruvchilar (boshqarma xodimlari nazarda tutilgan) bog‘chaga yordam emas, zarar keltirmoqda.

«Ovqatini ichib, choyini ichib, keyin qonini ham ichib ketayapti»,- deydi viloyat hokimi.

Yig‘ilishda qatnashgan «Nasafnews» muxbirining xabar berishicha, viloyat hokimi o‘rinbosari Rustam Yo‘ldoshev va boshqarma boshlig‘i Asror Alimardonov jiddiy tanqid ostiga olingan. Bu ikki rahbar tanqidiy yig‘ilish haqidagi xabarnomani tumanlarga yetkazmagan. Oqibatida Qarshi shahar va Chiroqchi tumani, Shahrisabz shahridan ko‘plab bogchalar mudiralari yig‘ilishga kelmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!