Ov qilishga moratoriy nima uchun zarur?

Ov qilishga moratoriy nima uchun zarur?

Keng jamoatchilik vakillarining takliflari, xususan, fuqarolarning murojaatlari va ijtimoiy tarmoqlarda bildirilayotgan fikr-mulohazalarni inobatga olgan holda, hayvonot dunyosi yo‘qotishlarining o‘rnini qoplash maqsadida 2025 yil 1 sentyabrdan 2028 yil 1 yanvarga qadar O‘zbekiston Respublikasi hududida ov qilishga moratoriy (cheklov) joriy qilish taklif etilmoqda.

Bu taklif «O‘zbekiston–2030» strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va «yashil iqtisodiyot» yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risidagi Prezident Farmoni loyihasida qayd etilgan.

Ta’kidlash joizki, keyingi yillarda ovchilik xo‘jaliklari tomonidan o‘zlariga biriktirilgan ov qilish joylaridan tashqari hududlarda ov qilish uchun berilgan ovchilik yo‘llanmalari bo‘yicha nazoratning mavjud emasligi ovchilarga ovchilik yo‘llanmalaridan takror foydalanish hamda noqonuniy ov qilishga sharoit yaratmoqda. Ovchilar tomonidan ov qilish davrida ov hududlaridan tashqari bo‘lgan joylarda noqonuniy ov qilinishi va tartibsiz ravishda hayvonot dunyosiga bo‘lgan munosabati natijasida hayvonlarning normal ko‘payish jarayoniga jiddiy xavf solmoqda. Bu kabi holatlar esa aholining haqli e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda.

Xalqaro tajriba qanday?

Xalqaro tajriba o‘rganilganda uzoq muddatli ov faoliyatini cheklash yo‘qolib ketish xavfi yuqori bo‘lgan hayvon turlarining normal populyasiyasini saqlab qolish va ularni ma’lum bir miqdorda ko‘payishiga yordam berganligi isbotlangan. Masalan, AQShning Garvard universiteti va Buyuk Britaniyaning Oksford universiteti tadqiqotlariga ko‘ra, ovni cheklash natijasida shu hududlardagi hayvonlar soni o‘rtacha 20 foizga oshgan hamda biologik xilma-xillikni saqlash barqarorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan.

O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi tadqiqotlari ov cheklovlari atrof-muhit barqarorligini saqlab qolishda muhim ahamiyatga ega ekanligini qayd etmoqda.

Moratoriy tatbiq etilmaydigan holatlar ham bormi?

Taklif etilayotgan loyihaga ko‘ra, moratoriy fermalar, pitomniklar, inkubatorlar, baliqchilik pitomniklari va hovuz xo‘jaliklarida saqlanayotgan va (yoki) yetishtiriladigan yovvoyi hayvonlarni ovlash hamda sanitar maqsadlarda ov qilishga tatbiq etilmaydi. Shuningdek, ovchilarga muqobil mashg‘ulot sifatida hududlarda o‘q otish sportiga ixtisoslashtirilgan maxsus poligonlarda xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi. Qolaversa, shaharlardagi tabiiy suv havzalari ixtiofaunasining populyasiyasini qayta tiklash maqsadida respublikaning markaziy shaharlaridan oqib o‘tuvchi daryo va soylarda 2025 yildan boshlab, har yili 15 tonnadan kam bo‘lmagan chavoqlantirish ishlari amalga oshiriladi.

Nazorat qanday bo‘ladi?

Ov faoliyatiga cheklovlar qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlanadi va tegishli organlari tomonidan nazorat qilinadi. Bu borada davlat va jamoatchilik nazorati orqali cheklovlarga rioya etilishi doimiy ravishda tekshirib borilib, maxsus komissiyalarni tashkil etilgan holda har chorakda olib borilayotgan ishlar monitoring qilinadi.

Kutilayotgan natijlar

Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, cheklovlar joriy etilgandan keyin hayvonlar populyasiyasining yillik o‘sishi 8-10 foizga ortishi kutilmoqda. Shuningdek, bu boradagi ishlar ovchilik xo‘jaliklarini tashkil etish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga, tartibli ov qilishga zamin yaratishga hamda tabiatni muhofaza qilish va ekologik barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi. Qolaversa, tabiatning sog‘lom holati sayyohlik va dam olish imkoniyatlarini yaxshilaydi.

Ma’lumot uchun, Prezident Farmoni loyihasi «O‘zbekiston-2030» xalq strategiyasi onlayn portalida keng jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan. Loyiha 2025 yil 22 yanvarga qadar keng jamoatchilik va ekspertlik muhokamalaridan o‘tkaziladi. Unda siz ham faol ishtirok etib, o‘z taklif va mulohazalaringizni uzbekistan2030.uz onlayn portali hamda @Ekologiya_yili_bot telegram boti orqali yuborishingiz mumkin!


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Rossiya chegarasida AQSh harbiy kuchlari

ЭРР хабар беришича, Қўшма Штатлар армиясининг бўлинмаси Россия чегарасидаги Эстония ҳарбий базасига жойлаштирилди.

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona kanalida qiz oqib kelgani haqida videolar tarqaldi

Андижон вилояти, Избоскан тумани, Бештерак МФЙ ҳудудида "Катта Фарғона" каналидан ёш қиз оқиб келганлиги ҳақида ижтимоий тармоқларда видео тарқалди.

244 000 millioner va 30 milliarder yashaydigan dunyodagi eng yaxshi biznes shahar

Бу шаҳар кўплаб миллионерлар ва миллиардерлар истиқомат қиладиган дунёдаги энг ишбилармонларга қулай шаҳар сифатида кенг тан олинган.

Rossiyaliklar "eng dolzarb muammo"ni aytdi. Bu urush emas

Россияликлар учун аҳамияти бўйича иккинчи ўринда Украинадаги уруш, Ғарб билан можаро ва санкциялар туради.

Bir vaqtlar okeanning eng kuchli yirtqichi deb hisoblangan "Ulkan oq akulalar" endi yangi xavfli tahdid bilan yuzma-yuz kelmoqda

Йиллар давомида улкан оқ акулалар океанларда бехавотир ҳукмронлик қилган. Бироқ, вазият ўзгарди - кутилмаган йиртқич уларни жарроҳлик аниқлигида нишонга олмоқда.

Yurtimizda aholi soni eng kam bo‘lgan tuman va shaharlar top o‘ntaligi e’lon qilindi

Бу ҳақда Статистика агентлиги маълумот берди.

Zelenskiy Putinga yer ayirboshlashni taklif qildi

Бу ҳақда “Politico” нашри ёзган.

Daryolari bo‘lmagan va ulkan neft zaxiralariga ega dunyodagi eng boy mamlakatlardan biri

Мамлакат дарё ва кўлларсиз ўз сув эҳтиёжларини қондириш учун инновацион усулларни ишлаб чиққан.

Pezeshkian AQSh va Isroilni qo‘rqitdi

АҚШ ва Исроил Эронга зарба беришга журъат этса, Эрон юз баробар кўпроқ ядро объектлари қуради.

Rossiya Xitoyning geosiyosiy raqibiga ilg‘or Su-57 qiruvchi samolyotini taklif qildi

Су-57 Россиянинг хизматдаги биринчи яширин технологияда ишлаб чиқарилган ҳарбий самолёти бўлиб, унинг Су-57Е экспорт версияси мавжуд.

Geologlar ulkan oltin zaxirasini topib oldi

Узоқ вақт ер остида яшириниб ётган кон яқинда топилди ва ундаги олтин миқдори ҳайратланарли даражада кўп эканлиги аниқланди.

Aktrisa Feruza Normatova kiberbullingga uchradi

Бунақасига биринчи марта дуч келишим. Қип-қизил кибербуллинг, мен ҳатто маниакал кибербуллинг деган бўлардим.

O‘zbekistonda pensiya va nafaqalar miqdori oshirilishi mumkin

Жорий йилнинг 4 февралида Статистика агентлиги «2024 йил декабр ойида ўтган йилнинг май ойига нисбатан ҳисобланган истеъмол нархлари индексидан келиб чиқиб, 2025 йил учун ҳисобланган минимал истеъмол харажатлари (МИХ) қиймати бир ойда киши бошига 669 минг сўмни ташкил этгани»ни маълум қилди.

Ruslar mitingga chiqdi

"Бироқ биз доимо: "Сизлар учун пул йўқ", деган гапни эшитамиз".

Olimlar yadro qishidan omon chiqa oladigan beshta davlatni sanab o‘tishdi

Тадқиқотчиларнинг фикрича, Австралия, Янги Зеландия, Исландия, Вануату ва Соломон ороллари аҳолиси омон қолиши мумкин.

Chernobilga kim zarba berdi?

Чернобил атом электр станциясида портлаш содир бўлди.

Tramp-Putin suhbatida nimalar muhokama qilingani e’lon qilindi

Трампнинг айтишича, Путин Украина уруши бўйича музокараларга "дарҳол" рози бўлган.

Zelenskiy qat’iy: Men boshqa hech narsaga ko‘nmayman

Зеленскийнинг фикрича, Европа Иттифоқини ҳам келишув бўйича музокараларга жалб этиш зарур.

Gvardiola: "Abduqodir u yerda o‘ynay oladimi, bilmayman"

"Манчестер Сити" бош мураббийи Хосеп Гвардиола сафдан чиққан Мануэль Аканжининг ўрнини ким эгаллаши мумкинлигини айтди.

Erdo‘g‘on AQShni ogohlantirdi

Туркия Президенти Ражаб Тоййиб Эрдўғон АҚШнинг Яқин Шарқда "нотўғри ҳисоб-китоб" қилаётганини айтиб...

Boliviyada kuchli yomg‘ir qurbonlari soni 28 kishiga yetdi

Бу ҳақда Фуқаролик мудофаа вазири ўринбосари Хуан Карлос Калвимонтес “Синхуа” агентлигига таяниб маълум қилди.

Криштиану Роналду тарихда "Олтин тўп" соврини сони бўйича рақиби Лионел Мессидан кейин иккинчи ўринда тургани боис, биз унинг йиллар давомидаги овозларини кўриб чиқишга қарор қилдик.

Xitoyliklar Toshkentda bayroq ko‘tarib ommaviy tadbir o‘tkazdi

15 февраль куни тонгда похтахтнинг Чилонзор туманидаги Миллий боғ ҳудудида ўнлаб Хитой фуқаролари турли хил байроқ ва шиорлар билан овозини кўтариб, оммавий тадбир ўтказди. Ҳокимлик ва куч тузилмалари бундан бехабар.

2024-yilda Rossiyadan 90 mingga yaqin muhojir deportasiya qilinadi

Бу ҳақда Россия Федерал суд ижрочилари хизмати директори Дмитрий Аристов маълум қилди, дея хабар беради “ТАСС”.

Toshkent viloyatida 17 yoshli bola tanishini pichoqlab o‘ldirdi

Оқибатда А.Г. оғир тан жароҳатлари олиб, Тошкент тумани марказий шифохонасига ётқизилган. Шифокорлар томонидан кўрсатилган муолажаларга қарамай, у жонлантириш бўлимида вафот этган.

NASA va astronomlar xavotirda: yadro quroli – Yerni qutqarish uchun oxirgi umidmi?

Яқинда кашф этилган 2024 YR4 астероиди Ер билан тўқнашув хавфини туғдирмоқда. Унинг хавфини ўзгартириш учун ядро қуролидан фойдаланиш зарурати пайдо бўлиши мумкин.

Telegram'da "Alisher Usmonov aksiyasi" nomi ostida firibgarlik qilgan guruh fosh etildi

Улар “20 млн сўмлик соврин ютиб олдингиз” қабилидаги ёлғон хабарлар тарқатиб, пул ўтказмаларини ўзлаштирган.

Ukraina dronlari hujumi tufayli Rossiyaning yettita aeroporti faoliyati vaqtincha to‘xtatildi

Волгоград вилояти губернатори Андрей Бочаровнинг маълум қилишича, дронлардан бирининг қолдиқлари турар-жой биноси томига тушиб, бир фуқаро жароҳатланган.

Toshkentda yashirin narkolaboratoriya fosh qilindi

Тезкор тадбир давомида аввалдан кузатувга олинган шахснинг Тошкент шаҳар Юнусобод туманида ижарага олинган хонадони белгиланган тартибда ва холислар иштирокида кўздан кечирилганида, бу ерда кучли таъсир қилувчи моддаларни тайёрлашга мўлжалланган яширин нарколаборатория ташкил қилгани аниқланди

Surxondaryoda uka o‘gay akasini bolta bilan urib o‘ldirdi

Судланувчи ука Жиноят кодексининг 97-модда 2-қисмининг “в”, “ж” бандлари билан айбли деб топилиб, унга нисбатан 15 йил муддатга озодликдан маҳрум қилиш жазоси тайинланди.

Moskvadagi migrantlar mehmonxonasida Tojikiston va O‘zbekiston fuqarolari ovqatdan zaharlandi

Беш киши шифохонага ётқизилган.

AQSh Osiyo davlatlaridan kelgan 119 nafar migrantni Panamaga deportasiya qildi, ular orasida O‘zbekiston fuqarolari ham bor

Биз бу масалада АҚШ билан ҳамкорликда ишлаяпмиз, депортацияни тўғри амалга ошириш бўйича яқин алоқадамиз.

Myunxendagi bayon: Zelenskiy Trampning shaxsiy raqamini olganini ma’lum qildi

Зеленский Трамп билан режа муҳокама қилингандан сўнг Путин билан учрашишга тайёр эканлигини билдирди.

Germaniya mudofaa vaziri Pistorius AQShning Rossiyaga tinchlik taklifini "noo‘rin" deb baholadi

Германия мудофаа вазири Борис Писториуснинг таъкидлашича, Европа келгуси йилда АҚШнинг ёрдамисиз Украинада ишончли тарзда вазиятни тийиб туришга қодир эмас.

Germaniya tashqi ishlar vaziri Berbok Rossiya bilan "soxta tinchlik"dan ogohlantirdi

Германия ташқи ишлар вазири Анналена Бербок украиналиклар ва европаликлар устидан Россия билан ҳеч қандай келишувга эришиш мумкин эмаслигини таъкидлади.

Rossiya “Katta sakkizlik”ga qaytmoqchi emas — Dmitriy Peskov

Россия президенти матбуот котибининг сўзларига қўра "Катта саккизлик"га қайтиш Россияни қизиқтирмайди ва Трамп таклиф қилганига қарамасдан унга қайта аъзо бўлиш режалаштирилмаган.

Zimbabveda avtobus va yuk mashinasi to‘qnashdi. Qurbonlar bor

Йўл-транспорт ҳодисаси оқибатида 17 киши воқеа жойида, яна етти киши шифохонада жон берган.

Los-Anjeles suv ostida ketmoqda

Бу ҳақда хабар бермоқда New York Post.

Pokiston janubi-g‘arbida terrorchilik hujumi: qurbonlar bor

Хабар берганидек Синхуа маҳаллий расмий маълумотларга кўра, камида 10 киши ҳалок бўлди ва олти киши яраланди.

Londonda Qur’onni yoqib yubormoqchi bo‘lgan erkak kaltaklandi

Лондондаги Туркия консуллиги олдида Қуръонни ёқиб юбормоқчи бўлган фаолга ҳужум қилинди.