OTMlardagi zo‘ravonliklar haqida xabar beruvchi portal yaratiladi

OTMlardagi zo‘ravonliklar haqida xabar beruvchi portal yaratiladi

Avvalroq, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti dekan o‘rinbosari B.Y. tomonidan talaba-qizni zo‘rlashga urinilgani haqida xabar berilgan edi.

Mazkur holat yuzasidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi munosabat bildirdi.

Vazirlik o‘z munosabatida bu taxlit xatti-harakatlarni keskin qoralashini va bunday vaziyatlarga qarshi qat’iy kurashishini ma’lum qilmoqda.

“Tez orada bunday holatlarning oldini olish maqsadida tezkor murojaat qilish imkonini beradigan maxsus portal yaratilishi rejalashtirilgan”, – deyiladi vazirlik munosabatida.

Shuningdek, vazirlik ushbu holat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilishini va natijasi bo‘yicha jinoyatda gumonlanuvchi universitet mas’ul xodimiga nisbatan qonunchilikda belgilangan choralar ko‘rilishini aytadi. Bundan tashqari, rasmiy munosabatda mazkur holatga yo‘l qo‘ygan universitet rahbariyati va mas’ullariga nisbatan qat’iy tashkiliy va intizomiy choralar ko‘rilishi ta’kidlangan.

Eslatib o‘tamiz, jinoyatda gumonlanayotgan fuqaro B.Y. Jinoyat kodeksining 105 va 118-moddalari bilan jinoyat ishiga jalb qilingan va JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!