Ota bir yoshli qizalog‘ini qimorda yutqazganidan so‘ng sotib yubordi
Ishsiz yigit qimorda 60 ming yuan yo‘qotdi. Kreditorlar esa doimiy ravishda pulni talab qildilar.
Qarzlarini to‘lash uchun u dahshatli qaror qabul qildi: internet orqali farzandsiz oilaning e’lonini ko‘rib, 1 yoshli qizalog‘ini ularga sotdi.
Xitoylik er-xotin bilan uchrashib, ularga farzandini katta qilish uchun kerakli mablag‘ va sharoitning yo‘qligini tushuntirgan, xotiniga esa bolani buvisinikiga olib borib qo‘yganini aytgan.
Uch oydan keyin ona bor haqiqatni bilib qoldi, lekin er qilgan ishini tan olmadi.
Xitoylikka odam savdosi bilan shug‘ullanish aybi qo‘yildi. Bolani onasiga qaytarib berishdi.
Yaqinda sud jarayoni bo‘lib o‘tadi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)