Osiyo o‘yinlari. O‘zbekiston U-23 bronza medalini penaltilar seriyasida boy berdi

Osiyo o‘yinlari. O‘zbekiston U-23 bronza medalini penaltilar seriyasida boy berdi

O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarini 4-o‘rin bilan yakunladi.

Ravshan Haydarov shogirdlari bronza medali uchun Xitoyga qarshi maydonga tushdi. Asosiy vaqt 2:2 hisobida yakunlangach, sovrin taqdiri penaltilar seriyasida hal qilindi.

O‘zbekiston uchrashuv davomida ikki marta hisobda ortda qoldi. 15-daqiqada Xu Xetao Xitoyni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, birinchi bo‘lim oxirida Sardorbek Bahromov muvozanatni tikladi.

Tanaffusdan keyin Van Yuydun Xitoyning ikkinchi golini urdi. Ammo O‘zbekiston so‘nggi daqiqalargacha taslim bo‘lmadi. 90-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Shodiyor Shodiboyev hisobni 2:2 ko‘rinishiga keltirdi.

Penaltilar seriyasida esa Xitoy aniqroq harakat qildi — 4:3. O‘zbekiston safida Muhammadali Reimov va Shodiyor Shodiboyev o‘z zarbalarini golga aylantira olmadi.

Shu tariqa, bronza medali Xitoyga nasib etdi, O‘zbekiston U-23 esa musobaqani 4-o‘rinda tugatdi.

Osiyo o‘yinlari. 3-o‘rin uchun bahs
Xitoy — O‘zbekiston — 2:2 (penaltilar — 4:3)
Gollar: Xu Xetao, 15 — 1:0; Sardorbek Bahromov, 43 — 1:1; Van Yuydun, 53 — 2:1; Shodiyor Shodiboyev, 90 — 2:2.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

"Oltin to‘p" uchun favorit o‘zgardi

"Олтин тўп" фаворити ўзгарди - бу энди Кейн эмас.