Osiyo kubogi-2027 Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadi

Osiyo kubogi-2027 Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadi

Bahrayn poytaxti Manamada OFKning 33-kongressi bo‘lib o‘tmoqda. Bugun, 1 fevral kuni Osiyo futbol konfederasiyasi Osiyo kubogi-2027 mezbonini e’lon qildi.

OFK rasmiy sayti xabariga ko‘ra, 2027 yilga Osiyo kubogi mezbonligi Saudiya Arabistoniga topshirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Osiyo kubogi-2027 uchun dastavval 5 mamlakat da’vogarlik qilib, ular orasida O‘zbekiston, Eron, Hindiston, Qatar va Saudiya Arabistoni nomzodi ko‘rsatilgandi. Ammo O‘zbekiston va Eron arizasini qaytardi, Qatar 2023 yilga Osiyo kubogi mezboniga aylangach, bu mamlakat ham arizasini qaytarib olgan bo‘lsa, ko‘p o‘tmay Hindiston ro‘yxatdan chiqqandi. Yakunda Saudiya Arabistoni yagona da’vogar bo‘lib qolgandi.

Ma’lumot uchun, Osiyo kubogi-2023 2024 yilning yanvar oyida Qatar maydonlarida o‘tkazilishi kutilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!