Ortiqxo‘jayev: "TikTokerlar"ni cheklash to‘g‘ri emas, bu bizga yarashmaydi"
“Tashkent city”da joylashgan Congress Hall majmuasida “Toshkent yoshlari forum — 2020” doirasida matbuot anjumanida Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev forumda TikTok yulduzlarining ishtirok etishi bo‘yicha savolga javob berdi.
«TikTok ham ijtimoiy tarmoqlar, internet olamining bir qismiga aylanib ulgurdi. Ularni cheklash emas, balki to‘g‘ri yo‘lga solish emas. Cheklash O‘zbekistondek demokratik davlatga yarashmaydi. Agar to‘g‘ri yo‘lga solsak, bugun arzimasdek ko‘ringan o‘sha yoshlar ertaga kerakli shaxsga aylanadi", dedi hokim.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)