Ortiqxo‘jayev «Moviy gumbazlar» restorani oldidagi xiyobonni ta’mirlashga o‘z yonidan 6 mlrd so‘m sarflaganini ma’lum qildi

Ortiqxo‘jayev «Moviy gumbazlar» restorani oldidagi xiyobonni ta’mirlashga o‘z yonidan 6 mlrd so‘m sarflaganini ma’lum qildi

Toshkent shahridagi «Moviy gumbazlar» restorani oldidagi xiyobonda 2019 yilda 6 milliard so‘mlik ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan. Bu haqda 13 fevral kuni Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev «Istiqlol» majmuasining qurilish masalasida jamoatchilik vakillari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda aytib o‘tdi.

«Men bu yerga ikki yil avval kelgan edim. Yerda yotgan narsalarni ko‘rib, bu yerga birov oilasi bilan kelmasdi», — dedi poytaxt hokimi.

«Moviy gumbazlar» restorani stol, kreslolar olib chiqib chilimxona qilib qo‘ygan edi. Ularni oldirdik, tozalatdik, noqonuniy qurilishlarni olib tashladik, chiroyli joyga aylantirdik. Bunga 6 milliard so‘m pul sarf qilindi. Hamma «byudjet pulimi» deb so‘rashi mumkin. Yo‘q, men o‘z shaxsiy mablag‘imdan qilganman», — dedi Jahongir Ortiqxo‘jayev.

Toshkent shahar hokimining alohida ta’kidlashicha, «Moviy gumbazlar» restorani oldidagi xiyobon u uchun ham muqaddas joy.

«Bu joyda mening ham yoshligim o‘tgan, ko‘pchilikka o‘xshab men ham, shu xiyobonni saqlab qolishni xohlayman. Men ham Toshkentda 46 yildan buyon yashayman», — deya qo‘shimcha qildi poytaxt rahbari.

Avvalroq Jahongir Ortiqxo‘jayev «Istiqlol» majmuasini barpo etish masalasi yuzasidan aholi bilan uchrashgani va bog‘dagi bir dona daraxt kesilsa, o‘sha kuniyoq lavozimidan ketishga tayyorligini ma’lum qilgan edi. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!