Oq uy ittifoqchilar bilan havo hujumidan mudofaa tizimlarini Ukrainaga o‘tkazish bo‘yicha ish olib borayotganini e’lon qildi

Oq uy ittifoqchilar bilan havo hujumidan mudofaa tizimlarini Ukrainaga o‘tkazish bo‘yicha ish olib borayotganini e’lon qildi

AQSh Ukrainaga havo hujumidan mudofaa tizimlarini qo‘shimcha yetkazib berish masalasida ittifoqchilar bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda, dedi Oq uy matbuot kotibi Jon Kirbi.

“Biz ittifoqchilar va hamkorlar bilan qo‘shimcha zamonaviy havo hujumidan mudofaa tizimlarini taqdim etish masalasida juda yaqin hamkorlik qilmoqdamiz”, — deya uning so‘zlaridan iqtibos keltiradi RIA Novosti.

Kirbining eslatishicha, Qo‘shma Shtatlar mojaroning kuchayishidan manfaatdor emas - uning so‘zlariga ko‘ra, aynan shu sabab Vashington Kiyevni uzoq masofaga uchuvchi qurollar bilan ta’minlashdan bosh tortgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!