Oq uy: AQSh Ukrainaga qo‘shimcha harbiy yordam beradi

Oq uy: AQSh Ukrainaga qo‘shimcha harbiy yordam beradi

Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga qo‘shimcha 400 million dollar yordam beradi, dedi chorshanba kuni AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken.

Ushbu yordam AQSh Mudofaa vazirligi zaxiralaridagi qo‘shimcha qurollar, o‘q-dorilar va havo hujumidan mudofaa vositalarini o‘z ichiga oladi.

Paketga zenit-raketa tizimlari uchun qo‘shimcha o‘q-dorilar, dronlarga qarshi turish uchun termal tasvirga ega 150 ta og‘ir pulemyotlar, HIMARS tizimlari uchun qo‘shimcha o‘q-dorilar, 200 ta yuqori aniqlikdagi 155 mm artilleriya snaryadlari va boshqalar mavjud.

Bayden ma’muriyati hokimiyatga kelganidan beri AQShning Ukrainaga umumiy harbiy yordami taxminan 19,7 milliard dollarni tashkil etdi, dedi Blinken.

«Ukraina o‘zini himoya qilishda davom etishi va vaqti kelganda muzokaralar stolida imkon qadar kuchli pozisiyani egallashi uchun qancha vaqt kerak bo‘lsa, biz uni qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz», — dedi Blinken.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!