Operasiyaga puli bo‘lmagan erkak oyog‘ini o‘zi uzib tashladi

Operasiyaga puli bo‘lmagan erkak oyog‘ini o‘zi uzib tashladi

Ukrainaning Akxirka shahrida xuddi kinolardagidek hodisa yuz berdi: tibbiy yordamdan voz kechgan erkak oyog‘ini o‘zi kesib tashladi.

Ko‘prik ostidagi tashlab ketilgan oyoqni esa o‘sha hududda yashaydigan insonning iti topib olgan. U esa o‘z navbatida polisiyaga murojaat qilgan.

Tergovchilarning ma’lum qilishicha, oyoq gangrenadan aziyat chekkan insonga tegishli bo‘lgan.

Ta’kidlanishicha, ukrainalik puli yo‘qligi bois kasalxonada davolanish va operasiyadan voz kechgan. Oyog‘i esa kundan-kunga yomonlashib borayotganiga qaramay, qarindoshlari uni kasalxonadan olib chiqib, ketishgan.

Bir necha kundan keyin oyog‘ ko‘prik ostida paydo bo‘lgan. Ayni paytda erkakning oyog‘ini qanday qilib kesib tashlaganligi aniqlanmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!