OPEK bosh kotibi vafot etdi

OPEK bosh kotibi vafot etdi

OPEKning nigeriyalik bosh kotibi Muhammad Barkindo 63 yoshi vafot etdi.

Kecha, 6 iyul kuni Neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti (OPEK) bosh kotibi Muhammad Barkindo vafot etdi. Bu haqda Nigeriya milliy neft korporasiyasi (NMNK) rahbari Mele Kyari xabar berdi.

Muhammad Barkindo 63 yoshda edi.

“Biz hurmatli Muhammad Sanusi Barkindoni yo‘qotdik. U kecha, 2022 yil 5 iyul kuni taxminan soat 23:00 da vafot etdi. Albatta, bu uning yaqin oilasi, NMNK, mamlakatimiz Nigeriya, OPEK va jahon energetika hamjamiyati uchun katta yo‘qotish. Dafn marosimi tafsilotlari tez orada e’lon qilinadi”, deb yozdi Kyari Twitter’dagi sahifasida.

Barkindoning so‘nggi shov-shuvli bayonotlaridan biri Rossiya tomonidan ishlab chiqarilgan neft hajmini to‘ldirishga qodir quvvatlar yo‘qligi haqidagi so‘zlari edi. Uning so‘zlari Rossiyaga qarshi qator sanksiyalar, jumladan, neft va neft mahsulotlarini yetkazib berishga cheklovlar joriy etilishi fonida yangragan edi. OPEK rahbari Rossiya neft-gaz kompleksiga qarshi sanksiyalar jahon bozori uchun katta salbiy oqibatlarga olib kelishini ta’kidlagan.

Barkindo 2016 yilning avgustidan beri OPEK bosh kotibi lavozimida ishlab kelayotgandi. Bundan tashqari, u 15 yil davomida OPEK iqtisodiy komissiyasining Nigeriya a’zosi bo‘lgan va 23 yil davomida NMNKda ishlagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!