OPEK+ a’zolari navbatdagi yig‘ilishni kelishib oldi
OPEK+ning sakkiz yetakchi davlati oktyabr oyiga nisbatan neft qazib olishni kuniga 137 ming barrelga oshirishga qaror qildi, deya xabar beradi TASS.
Bayonotda qayd etilishicha, bu qaror jahon iqtisodiyotining barqaror istiqbollari va bozordagi ijobiy fundamental ko‘rsatkichlar munosabati bilan qabul qilingan. Xususan, jahon neft zahiralarining pastligi bozor muvozanati saqlanib qolganidan dalolat beradi.
OPEK mamlakatlari bozor konyunkturasini doimiy ravishda baholab borishlarini va zarurat tug‘ilganda ishlab chiqarishni rejalashtirilgan ko‘paytirishni to‘xtatib qo‘yishlari yoki qayta ko‘rib chiqishlari mumkinligini ma’lum qilishdi.
OPEK ma’lumotlariga ko‘ra, noyabr oyida:
Rossiya va Saudiya Arabistoni ishlab chiqarishni kuniga 41 ming barrelga oshirishi mumkin,
Iroq - 18 ming barrelga,
BAA - 12 ming barrelga,
Quvayt - 10 ming barrelga,
Qozog‘iston - 7 ming barrelga,
Ummon - 4 ming barrelga,
Jazoir - 4 ming barrelga.
Natijada mamlakatlarning yangi ishlab chiqarish kvotalari quyidagicha belgilandi:
Rossiya - 9,532 million barrel/bir kunda,
Saudiya Arabistoni - 10,061 million barrel/bir kunda,
Iroq - 4,255 million barrel/bir kunda,
Quvayt - 2,569 million barrel/bir kunda,
BAA - 3,399 million barrel/bir kunda,
Qozog‘iston - 1,563 million barrel/bir kunda,
Ummon — 808 ming barrel/bir kunda,
Jazoir — 967 ming barrel/bir kunda.
TASS agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, ayrim mamlakatlarning o‘tgan davrdagi ortiqcha ishlab chiqarishni qoplash jadvalini hisobga olgan holda, noyabr oyida real ishlab chiqarish o‘sishi taxminan bir kunda 74 ming barrelni tashkil etadi.
Navbatdagi OPEK+ "sakkizlik" uchrashuvi 2025 yil 2 noyabrda bo‘lib o‘tadi.
