Ona o‘lik holda topildi, qizning ahvoli og‘ir. O‘g‘il esa qo‘lga olindi

Ona o‘lik holda topildi, qizning ahvoli og‘ir. O‘g‘il esa qo‘lga olindi

Huquq-tartibot idoralari xodimlari Moskva g‘arbida joylashgan Vitebskaya ko‘chasidagi ko‘p qavatli uyda sodir bo‘lgan fojia sabablarini o‘rganmoqda.

Moskva prokuraturasi ma’lumotlariga ko‘ra, 1959 yilda tug‘ilgan ayol turar-joyda o‘ldirilgan, uning jasadini ko‘zdan kechirish chog‘ida gavdasida pichoq jarohatlari topilgan.

Bundan tashqari, uning 41 yoshli qizi pichoqlangan. Jabrlanuvchi tirik qoldi va tibbiy yordam uchun shifoxonaga yetkazildi.

«Ma’lum bo‘lishicha, voqea sodir bo‘lgan vaqtda xonadonda o‘ldirilgan ayolning 33 yoshli o‘g‘li bo‘lib, u qo‘lga olingan», — deyiladi boshqarmada.

Favqulodda holat bo‘yicha qo‘zg‘atilgan ish prokuratura tomonidan nazoratga olindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!