"Ommaviy tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish" direksiyasi davlat unitar korxonasiga direktor tayinlandi

"Ommaviy tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish" direksiyasi davlat unitar korxonasiga direktor tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirining 2022-yil 20-sentyabrdagi buyrug‘i bilan Umed Farmonqulovich Rajabov “Ommaviy tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish” direksiyasi davlat unitar korxonasi direktori etib tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qildi.

Umed Rajabov 2002-2006-yillarda Samarqand qishloq xo‘jalik institutida tahsil olgan. Sportdagi faoliyatini esa 2009-yilda Samarqand tuman hokimligi Madaniyat va sport ishlari bo‘limida sport ishlari bo‘yicha o‘rinbosari sifatida boshlagan.

2010-yildan 2017-yilga qadar “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengash apparati Yoshlarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bo‘limi bosh mutaxassisi, bo‘lim mudiri, 2017-2018-yillarda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi apparati Sport va salomatlik bo‘limi boshlig‘i, 2019-2021-yillarda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i va 2021-2022-yillarda Turizm va sport vazirligi Sport federasiya(assosiasiya)lari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i hamda 2022-yil 3-martdan esa Sportni rivojlantirish vazirligi Ommaviy sportni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!