"Omikron" pandemiyani tugatishi mumkin - virusolog

"Omikron" pandemiyani tugatishi mumkin - virusolog

Koronavirusning yangi shtammi - “omikron” pandemiyani tugatishi mumkin, dedi Gamaleya nomidagi Immunologiya markazi virusolog professori Anatoliy Altshteyn, Sputnik radiosiga.

Uning so‘zlariga ko‘ra, omikron-shtamm aniqlanganiga yaqinda bir oy bo‘ladi, lekin o‘tgan vaqt ichida omikron-shtammi yuqqan bemorlarning birortasida kasallik og‘ir kechgani yoki o‘lim holatlari bo‘lgani kuzatilmagan. Lekin shu bilan birga ushbu shtamm o‘ta yuqumliligi aniqlangan.

“Omikron odamlarga yuqadi, biz yengil ko‘rinishdagi kasallarni ko‘ramiz va shundan so‘ng hech qanday koronavirus bizga xavfli bo‘lmaydi”, - deydi Altshteyn.

O‘ta yuqumlilik - yangi virus xususiyatlaridan biri. Bu yangi virusning S-oqsilida mutasiyalar juda ko‘pligi bilan izohlanadi. Ya’ni virusning genomi barqaror bo‘lmasa, kasallik og‘ir oqibatlarga olib kelmaydi.

Koronavirusdan o‘lim holatlari soni grippning o‘lim holatlari soniga tenglashganda - pandemiya tugagani haqida xulosa qilish mumkin, dedi virusolog.

Eslatib o‘tamiz, koronavirusning yangi B.1.1.529 shtammi ilk bor Botsvanada 11 noyabr kuni aniqlangan edi. Shundan so‘ng JAR, Gonkong va boshqa davlatlarga tarqaldi. Bugungi kunda omikron 27ta davlat hududida aniqlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!