“Omikron”ning eng keng tarqalgan alomati aytildi

“Omikron”ning eng keng tarqalgan alomati aytildi

Kishida bu alomatlarning kuzatilishi u koronavirusga test topshirmasidan oldin “omikron”ni yuqtirib olgan bo‘lishidan dalolat berishi mumkin.
Tomoq qichishi va undagi og‘riq koronavirusning omikron shtammi bilan kasallanganlikdan darak beruvchi eng keng tarqalgan alomatlardir. Bu haqda NBC Chicago telekanali Chikago jamoat sog‘liqni saqlash departamenti komissari Ellison Arvadi so‘zlariga tayangan holda xabar qildi.
“Tomoqdagi og‘riq COVID-19 ga topshirilgan testning musbat chiqishini taxmin qilish imkonini beruvchi eng ko‘p tarqalgan alomat”, - deyilgan xabarda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday alomat bo‘lganida koronavirusga test topshirgunga qadar “omikron” bilan kasallangan bo‘lishi mumkinligini aytish mumkin.
Shifokor “omikron” “deltadan” kasallangan odamda hid bilish hissi yo‘qolmasligi bilan farq qilishini ta’kidlagan.
Arvadi tomog‘ida og‘riq sezayotgan kishilarga uyda qolishlarini tavsiya qilgan.

22 yanvar kuni rossiyalik infeksionist Yevgeniy Timakov koronavirusning omikron shtammini yuqtirib olganlik ham bitta, ham bir necha alomatlar bilan namoyon bo‘lishi mumkinligini qayd etgandi. Burun bitishi, bosh og‘rig‘i, tomoqdagi og‘riq kishi “omikron”ni yuqtirib olganidan 100 foiz dalolat berishini aytgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!