Ombudsmanning Toshkent viloyatidagi mintaqaviy vakili ko‘magida boshqa koloniyaga o‘tkazilgan mahkumga ish haqi undirib berildi

Ombudsmanning Toshkent viloyatidagi mintaqaviy vakili ko‘magida boshqa koloniyaga o‘tkazilgan mahkumga ish haqi undirib berildi

Avval xabar berganimizdek, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Toshkent viloyatidagi mintaqaviy vakili Rustam Kamalovning Bo‘ka tumanidagi 43-son manzil koloniyasiga monitoring tashrifini amalga oshirgan edi. Ushbu monitoring davomida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlardan bir necha masalalar bo‘yicha murojaatlar qabul qilinib, nazoratga olingan edi. Ombudsmanning Toshkent viloyatidagi mintaqaviy vakili ko‘magida boshqa koloniyaga o‘tkazilgan mahkumga ish haqi undirib berildi

Jumladan, mahkum B.O. murojaat qilib, shaxsiy va oylik maoshlarini undirishda yordam so‘radi. Aniqlanishicha, murojaatchi avval Navoiy shahar 11-son jazoni ijro etish muassasasida saqlangan. U Bo‘ka tumanidagi mazkur muassasaga o‘tkazilganda oylik maoshlarini ololmagan. Mazkur murojaat mintaqaviy vakil nazoratiga olinib, mahkum B.O.ning 4 mln so‘mga yaqin shaxsiy va oylik ish haqlari Ombudsman kotibiyati mas’ul xodimlari yordamida Bo‘ka tumani hududidagi 43-son manzil koloniyasiga o‘tkazib berildi.

Shuningdek, mahkum R.Z. jigar-buyrak yetishmovchiligi, jigar serrozi bilan kasallanganligini, 3 marotaba Bo‘ka tumanidagi infeksion kasalxonada davolanganligini qayd etdi. Lekin, shunga qaramay ahvoli og‘irlashib borayotgani va oilaviy sharoiti og‘irligi sababli, yo‘llanma orqali (order) Virusologiya ilmiy-tekshirish institutida davolanishida amaliy yordam so‘radi.

Mahkum Z.R. murojaati bo‘yicha Toshkent viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasiga Mintaqaviy vakil tomonidan rasmiy xat yuborilib, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi yordamida mahkum Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti filiali hisoblangan Chirchiq shahridagi viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!