Ombudsmanga 10 oyda ruhiy, jismoniy bosim o‘tkazilgani yuzasidan 158 ta shikoyat kelib tushdi

Ombudsmanga 10 oyda ruhiy, jismoniy bosim o‘tkazilgani yuzasidan 158 ta shikoyat kelib tushdi

2024 yilning 10 oyda Ombudsman va Jamoatchilik guruhlari tomonidan harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarga 774 marotaba monitoring tashriflari amalga oshirildi. 2023 yilning 10 oyida ushbu ko‘rsatkich 468 tani tashkil etgan edi.

Monitoring tashriflarning 181 tasi jazoni ijro etish koloniyalari, 122 tasi tergov hibsxonalari, 128 tasi vaqtincha saqlash hibsxonalari, 59 tasi Maxsus qabulxonalar, 39 tasi reabilitasiya qilish markazlari, 56 tasi narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining filiallari, 52 tasi ruhiy-asab kasalliklari shifoxonalari, 46 tasi “Sahovat” va “Muruvvat” uylari, 91 tasi mastlik holatidagilarga tibbiy yordam ko‘rsatish punktlari o‘tkazilgan.

Monitoring tashriflari davomida 9,5 mingga yaqin mahkum va mahbuslar bilan jamoaviy hamda 4321 ming nafar shaxs bilan yakka tartibda suhbatlar o‘tkazildi.

Tashriflarda ushbu muassasalarda saqlanayotgan shaxslarni yashash, ovqatlanish, mehnat qilish hamda tibbiy yordam ko‘rsatish holati va sifati, saqlanayotgan shaxslar uchun olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilayotganligi va boshqa shu kabi holatlar o‘rganildi.

Ombudsman va uning huzuridagi Jamoatchilik guruhlari tomonidan harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarga amalga oshirilgan monitoring tashriflari natijasida mutasaddi va tegishli vazirlik va idoralarga 16 ta talabnoma, 10 ta taqdimnoma, 13 ta xulosa va 3 ta tahliliy axborotlar kiritildi.

Shuningdek, Ombudsman tomonidan Oliy Majlis palatalariga 6 ta tahliliy ma’lumot taqdim etildi.

Ombudsman tavsiyasiga ko‘ra, 23-son mahkumlar uchun ixtisoslashgan kasalxona negizida 50 o‘rinli ayollar bo‘linmasi ochildi. Avvallari bu yerda faqatgina erkak mahkumlar davolangan. Mazkur kasalxona terapiya, nevrologiya, jarrohlik, stomatologiya, diagnostika, sil kasalliklari kabi 20 ta bo‘limga va 2 ta laboratoriyaga ega, shuningdek u yerda murakkab jarrohlik amaliyotlari ham o‘tkaziladi.

Ombudsman tomonidan kiritilgan ta’sir choralarini ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxiatosh tumanidagi eskirgan, bemorlarni saqlash va davolashda antisanitar holatga kelgan Narkologiya dispanseri Nukus tumanida joylashgan bo‘sh binoga ko‘chirildi va bemorlarga qulay sharoitlar yaratildi. Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Surxondaryo filialidagi oshxona to‘liq ta’mirlandi.

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Ellikqal’a tumanida joylashgan 2-son respublika va ruhiy asab kasalliklari dispanseri binosi va xonalari ta’mirlanib, bemorlarning yaqin qarindoshlari bilan uchrashishlari uchun qisqa muddatli uchrashuv xonalari hamda maxsus psixoterapiya muolajalarini o‘tkazish xonalari tashkil etildi. Shuningdek, bemorlarning ovqatlanishi uchun zarur sharoitlar yaratildi.

Ombudsman tavsiyasi asosida Sirdaryo viloyati Yangiyer shahar IIB vaqtincha saqlash hibsxonasiga ventilyasiya tizimi o‘rnatilib, kameralardagi sharoitlar yaxshilandi hamda cho‘milish xonalari tashkil etildi. Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani IIB VSHda ham mahbuslar uchun tintuv qilish, cho‘milish xonalari hamda sayrgoh tashkil etildi va kameralar barcha kerakli jihozlar bilan ta’minlandi.

Shu bilan birga mas’ul idoralar tomonidan Jizzax shahar vaqtincha saqlash hibsxonasi hamda Do‘stlik tumanidagi vaqtincha saqlash hibsxonasi kapital, Samarqand viloyatidagi VSH joriy ta’mirlandi. Buxorodagi 4-son tergov hibsxonasida xo‘jalik ishlariga jalb qilingan mahkumlar uchun yaqin qarindoshlari bilan uchrashuv xonalari qurildi.

Buxorodagi 17-son Jazoni ijro etish koloniyasining 12-binosida qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirildi va mahkumlar saqlanadigan kameralardagi sharoitlar yaxshilandi.

Respublika kuzatuv kuchaytirilgan ruhiy kasalliklar shifoxonasini zamonaviy asbob-uskunalar bilan ta’minlanmagani, davolanuvchilarga kiyim-kechak va boshqa kerakli jihozlar ajratilmagani va boshqa aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha Ombudsman tavsiyasiga asosan reja ishlab chiqilib, ijrosi ta’minlanmoqda.

Monitoring tashriflarida aniqlangan kamchiliklarni bo‘yicha harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan yopiq muassasalarda ishlovchi 56 nafar xodimga xayfsan berildi, 2 nafar xodim jarimaga tortildi, 3 nafar xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilindi.

Qolaversa, Ombudsmanning mintaqaviy vakillari tomonidan harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarga amalga oshirilgan monitoring tashriflari davomida joylardagi mutasaddi organlar va tashkilotlarning vakillari bilan hamkorlikda tibbiy ko‘rik, sayyor qabullar hamda boshqa ma’rifiy tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, hisobot davrida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy, Buxoro, Sirdaryo, Surxondaryo, Xorazm va Samarqand viloyatlarida hududlardagi sog‘liqni saqlash boshqarmalari bilan hamkorlikda tor doiradagi oliy toifali shifokorlar jalb qilinib, 6000 ming nafarga yaqin mahkum va mahbuslar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Namangan viloyatidagi mintaqaviy vakili va “Hunarmand” uyushmasining Namangan viloyati boshqarmasi bilan birgalikda viloyatdagi jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan mahkumlar kasb-hunarga o‘rgatilmoqda. 2024-yilning 10 oyligida 180 nafardan ortiq mahkumlar kasbga o‘rgatilib, ularga sertifikatlar berildi.

Endi mahkum va mahbuslar murojaatlarini ko‘rib chiqish natijalariga to‘xtalamiz. Hisobot davrida Ombudsmanga harakatlanish erkinligi cheklangan yopiq muassasalarda saqlanayotgan shaxslar hamda ularning yaqin qarindoshlari va himoyachilari (advokatlari) tomonidan 2232 ta murojaat kelib tushdi. Ularning 858 tasi pochta aloqa xizmati, 335 tasi “Ombudsman qutisi”, 403 tasi “pm.gov.uz” sayti, 309 tasi Ombudsman xodimlari qabuli, 216 tasi “Ombudsman.uz” sayti va mobil ilovasi, 44 tasi sayyor qabullar, 30 tasi Ombudsman qabuli, 24 tasi Prezident qabulxonasi va 13 tasi “Ishonch telefoni” orqali kelib tushgan.

Murojaatlarning tegishli idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqilishi natijasida 32 nafar jazo muddatini o‘tayotgan shaxslar maxsus tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ularning 18 nafari davolanish uchun kasalxonalarga joylashtirildi.

7 nafar mahkumga jazo muddatining o‘talmay qolgan qismini yengilrog‘iga almashtirishida yoki muddatidan ilgari shartli ozod etilishida, 8 nafariga amaldagi intizomiy ta’sir chorasini muddatidan avval rag‘batlantirish tariqasida yechilishida amaliy yordam ko‘rsatildi.

4 nafar mahkum yashash joyiga yaqin bo‘lgan jazoni ijro etish muassasalariga o‘tkazilgan.

Manzil-koloniyalarda jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarning 12 nafar voyaga yetmagan farzandlariga bola nafaqasi puli olishda va 5 nafar mahkumning oila a’zolariga joylardagi mahalliy hokimliklar ko‘magida moddiy yordam ajratilishiga ko‘maklashildi.

Ombudsman nomiga 2024 yil 10 oyida huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarda saqlanayotgan shaxslarga nisbatan ruhiy, psixologik, jismoniy yoki boshqacha tarzda bosim o‘tkazilganligi yuzasidan 158 ta shikoyat kelib tushdi.

Shikoyatlarning 14 tasi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad qilish haqida qabul qilingan qarorlar Ombudsmanning murojaatiga asosan yuqori turuvchi prokurorlar tomonidan bekor qilinib, qo‘shimcha tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilishi belgilangan. 52 tasi esa o‘tkazilgan xizmat tekshiruvlari hamda prokuratura organlari tomonidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv yakunlariga ko‘ra o‘z tasdig‘ini topmadi.

62 ta shikoyat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom etmoqda.

Shuningdek, shikoyatlarni ko‘rib chiqish natijasida 10 nafar xodimga nisbatan intizomiy ta’sir chorasi qo‘llanilgan. 3 ta holatda xodimlarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Alohida ta’kidlash joizki, ruhiy, psixologik, jismoniy yoki boshqacha tarzda bosim o‘tkazilganligi to‘g‘risida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan 15 ta xabarlar o‘rganilib, bu bo‘yicha 14 ta munosabat bildirilgan. Mutasaddi vazirlik va idoralarga Ombudsmanning 12 ta talabnomasi kiritilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

13—17 yanvar kunlari kutilayotgan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi

“Ўзгидромет” 13—17 январь кунларига об-ҳаво прогнозини эълон қилди.

Shavkat Mirziyoyev «Manchester Siti» futbol klubi xo‘jayini bilan uchrashdi

Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёев ўзбек футболчиси Абдуқодир Ҳусановни яқинда 40 млн еврога сотиб олган «Манчестер Сити» футбол клуби хўжайини, БАА вице-президенти Шайх Мансур Ол Наҳаён билан учрашди.

"Kutilmagan tomondan kelgan zarba": Eronning bu qaroriga odamlar nima deyapti?

Россия ва Эрон ушбу келишувни АҚШ президентлигига сайланган Доналд Трамп инаугурациясидан уч кун олдин имзолаши кутилмоқда.

Xitoy va Yaponiyadan keyin Rossiya ham shu taklifni bermoqda

Россиянинг талаба қизлар учун бонус схемаси жорий этилмоқда.

O‘qituvchilar avtomobillarni imtiyozli shartlarda xarid qilishlari mumkin — “O‘zavtosanoat”

“Ўзавтосаноат” АЖ тижорат банклари томонидан Вазирлар Маҳкамаси топшириғи ижроси доирасида бериладиган имтиёзли автокредитлар орқали автомобилларни сотишга тайёр.

RF uchun yana bir “bosh og‘riq” paydo bo‘ldi

Бу ҳақда CNN ёзган.

Lionel Messi "Inter Mayami" bilan yangi shartnomaga qaramay, 2025-yilda Yevropa futboliga shov-shuvli qaytishi mumkinligi haqida tushuntirish

"Интер Маями"нинг Лионел Месси билан тузган янги шартномаси аргентиналик футболчига жорий йил охирида Европада ўйнаш имкониятини бериши мумкин.

Daniya AQSh tajovuzi bo‘lsa, Rossiyaga murojaat qilishni taklif qildi

Дания социалистик халқ партияси аъзоси Карстен Хенге АҚШ Гренландияни аннексия қилиш учун агрессияга учраган тақдирда унинг давлати Россиядан ёрдам сўраши кераклигини айтди . У Facebook ижтимоий тармоғидаги саҳифасида ўз фикрини билдирди .

Moskva AQShga "javob" va’da qilmoqda

Россия Ташқи ишлар вазирлиги Американинг энергетика соҳасига нисбатан янги чекловларига жавоб беришга тайёрлигини маълум қилди.

Krishtianu Ronalduning maoshi: "Al-Nassr" yulduzi Saudiya Pro-ligasida haftasiga, oyiga va yiliga qancha pul ishlaydi?

Манчестер Юнайтед ва Реал Мадрид афсонаси дунёдаги энг кўп маош олувчи футболчи, аммо у Саудия Арабистонида қанча даромад олади?

Qodirov O‘zbekiston rahbariyatini "uyg‘onish qo‘ng‘irog‘i"dan ogohlantirdi

Чеченистон раҳбари Рамзан Қодиров Ўзбекистон раҳбариятини Ғарб оммавий ахборот воситалари кўмагидаги “уйғониш қўнғироғи” ҳақида огоҳлантирди.

Uchinchi jahon urushi aynan qayerda boshlanishi aytildi

Кремл бир неча бор рус диаспорасини ҳимоя қилиш баҳонасида ҳарбий ҳаракатларни бошлаган. Грузия, Молдова ва Украинада шундай бўлган.

Saudiya Arabistoni xazina topdi, neft konlarida «oq oltin» aniqlandi

Бу қиролликнинг нефтга бой иқтисодиёти учун нимани англатади?

Ozarbayjon javob qaytardi

Озарбайжон Ҳаво Йўллари бу ҳаракат ҳалокат бўйича терговнинг дастлабки натижаларига жавоб бўлганини айтди.

Suriyaliklar pul to‘la qoplar bilan banklarga bostirib kirishmoqda

Дамашқдан олинган суратларда одамлар банкларга, баъзан катта ахлат қопларига ўралиб, яроқсиз қоғоз пулларни олиб кетаётганини кўриш мумкин.

AQSh Ukrainadagi mojaroda Rossiya g‘alaba qozonganini e’lon qildi

Россия Украинадаги можарода ғалаба қозонди , деди Пентагоннинг собиқ маслаҳатчиси ва истеъфодаги АҚШ армияси полковниги Дуглас Макгрегор .

Imron Xon 14 yil qamoq jazosiga hukm qilindi

Бундан ташқари, сиёсатчининг рафиқаси Бушра Бибига ҳам шу айблов билан 7 йиллик қамоқ жазоси берилган

Evropa Ittifoqi Ukrainaning mavjudligini rad etdi

Ўз иқтисодига эга бўлмаган Украина Европа Иттифоқи (ЕИ) маблағларисиз мавжуд эмас, деди Венгрия Бош вазири Виктор Орбан Магяр радиосида .

Uran eksportini cheklash: Rossiya AQShga tahdid solmoqda

Песков айтишига кўра, бу АҚШ санкцияларига жавобан вақтинча чора бўлиб, Россия манфаатларига зарар етказмайди.

Pashinyan Yerevanning YEI tomon qilayotgan qadamlari bo‘yicha Putinga tushuntirish berdi

Кремлнинг хабар беришича, бугун Арманистон ва Россия етакчилари телефон орқали мулоқот қилди.

Rossiya bir kechada Ukraina tomonidan uchirilgan 46 ta dronni yo‘q qildi

Бу ҳақда Россия Мудофаа вазирлиги маълум қилди.

Pokiston sobiq bosh vaziri 14 yilga qamaldi

Лаҳор Олий суди ҳибсда бўлган Покистоннинг собиқ бош вазири Имрон Хонни коррупция иши бўйича 14 йиллик қамоқ жазосига ҳукм қилди. Унинг рафиқаси Бушра Биби етти йиллик қамоқ жазосига ҳукм қилинди, дея хабар бермоқда Accosiated Press.

Kelishuv imzolangandan so‘ng ham G‘azoda o‘nlab ayollar va bolalar halok bo‘ldi

Исроил ва ҲАМАС ўт очишни тўхтатиш келишувини имзолаганидан бери Ғазо секторида камида 101 киши ҳалок бўлди.

BBC'ning ikki jurnalisti “xorijiy agent” deb e’lon qilindi

Россия Адлия вазирлиги "хорижий агентлар" рўйхатига олти кишини, жумладан, BBC рус хизматининг икки журналисти - муҳаррир Анастасия Лотарева ва мухбир Андрей Козенкони киритди.

Jeju Air samolyoti dvigatellaridan qushlarning patlari topildi

Ҳалокат бўйича тергов қўмитаси патларни топди ва биологик институтга уларни таҳлил қилишни сўради, улар 17 та намунани, жумладан, патлар ва қон доғларини ўрганди.

Istanbulda qo‘lbola alkogoldan vafot etgan o‘zbekistonliklar 14 nafarga yetdi

Олинган маълумотларга кўра, жорий йилнинг 17 январ ҳолатида қалбаки спиртли ичимлик истеъмоли ташхиси билан Туркия бўйлаб касалланганлар сони 88 нафарни ташкил этиб, шундан 37 нафари вафот этган.

Bolgariyada yuk poyezdlari to‘qnashuvi natijasida ikki kishi halok bo‘ldi

Локомотивларнинг тўқнашиши оқибатида ёнғин келиб чиққан. Воқеа жойида тиббиёт ходимлари, ўт ўчирувчилар, полиция ва темир йўл хизмати вакиллари ишламоқда.

Sebzorda 3 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Тошкент шаҳар ИИББ ЙҲХБ хабарига кўра, Lacetti, HOWO юк транспорт воситаси ва Lacetti автомашиналари иштирокида йўл-транспорт ҳодисаси кузатилди.

Zelenskiy bir yilda urushga qancha xarajat ketganini aytdi

Украина президенти Владимир Зеленскийга кўра, 2024 йилда ҳарбий можаро Украинага 100 миллиард доллардан кўпроққа тушди.

Xitoyliklar Germaniyada Volkswagen zavodlarini sotib olmoqchi

Хитой компаниялари ва расмийлари Германиянинг ёпилиши режалаштирилган автомобил заводларига, айниқса Volkswagen консернига қизиқиш билдирмоқда.

Ommaviy ishg‘ol: G‘arbiy Sohil va G‘azodagi arablar kelishuvni nishonlamoqda. Bu Isroil armiyasi uchun sharmandalik

Интернетда Ғазонинг Салоҳ Дин кўчаси бўйлаб гуманитар ёрдам олиб кетаётган ўнлаб юк машиналари акс этган видеолар тарқалмоқда.

Suriya Isroilga qarshi qat’iy choralar ko‘radi

Сурия ташқи ишлар вазири Асад ал-Шайбонийнинг таъкидлашича, Исроил Сурия базаларига ҳужумни тўхтатмаётгани сабабли, мамлакат сионистларга қарши жиддий чора кўришга мажбур.

Rossiya "xotirjamlik bilan" Qo‘shma Shtatlardan signal kutmoqda

Ушаков Путин ва Трамп учрашувига тайёргарлик кўрилаётгани ҳақидаги хабарларга шундай изоҳ берди.

Zelenskiy Ukrainaning NATOga qo‘shilishiga qarshi bo‘lganlarning nomini aytdi

Украина президенти Владимир Зеленский мамлакатнинг НАТОга аъзолигига қарши бўлган давлатларни номлади.

Janubiy Afrikadagi kondan 78 nafar noqonuniy konchining jasadi topildi

“Операция давомида 78 нафар кончининг жасади қазиб олинди, омон қолган барча кончилар ҳибсга олинди”, – дейилади хабарда.

General Kirillovning o‘ldirilishi bo‘yicha yana ikki ayblanuvchi hibsga olindi

Улар Батухан Точиев ва Рамазан Падиев.

13 yoshli qizga shilqimlik qilgan konduktor 5 sutkaga qamaldi

У ҳозирда қилмишидан пушаймон экани, бу ҳолат бошқа такрорланмаслигини баён қилиб, суддан енгиллик беришни сўради.

Bollivud yulduzi Saif Ali Xonni Mumbaydagi uyida pichoqlab ketishdi

Шаҳар полициясига кўра, актёр ярим тундан кейин уйига кирган номаълум эркак билан жанжаллашиб қолган

Los-Anjelesda yong‘in tornadolari kutilmoqda

Расмийлар минтақадаги об-ҳаво шароити ёнғин торнадоларига олиб келиши мумкинлигидан огоҳлантирмоқда.

JSST Marburg isitmasidan o‘lganlar haqida xabar beradi

Танзанияда даволаб бўлмайдиган касаллик ҳисобланган Марбург вируси туфайли саккизта ўлим қайд этилган. Бу ҳақда Жаҳон соғлиқни сақлаш ташкилоти (ЖССТ) бош директори Тедрос Адҳаном Гебреесус ўзининг Х саҳифасида маълум қилди .