Ombudsman aralashuvi bilan xodimini noqonuniy ishdan bo‘shatmoqchi bo‘lgan ish beruvchi jarimaga tortildi

Ombudsman aralashuvi bilan  xodimini noqonuniy ishdan bo‘shatmoqchi bo‘lgan ish beruvchi jarimaga tortildi

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) nomiga Toshkent shahar Yunusobod tumani 2-sonli Bolalar-o‘smirlar sport maktabidan noqonuniy asosda bo‘shatilayotgan trener qizning otasidan murojaat kelib tushdi.

Ombudsman aralashuvi bilan  xodimini noqonuniy ishdan bo‘shatmoqchi bo‘lgan ish beruvchi jarimaga tortildi

Ombudsman aralashuvi bilan  xodimini noqonuniy ishdan bo‘shatmoqchi bo‘lgan ish beruvchi jarimaga tortildi

Ombudsman aralashuvi bilan  xodimini noqonuniy ishdan bo‘shatmoqchi bo‘lgan ish beruvchi jarimaga tortildi

Ombudsman aralashuvi bilan  xodimini noqonuniy ishdan bo‘shatmoqchi bo‘lgan ish beruvchi jarimaga tortildi

Ombudsman aralashuvi bilan  xodimini noqonuniy ishdan bo‘shatmoqchi bo‘lgan ish beruvchi jarimaga tortildi

Murojaat Ombudsman nazoratiga olinib, u O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari Toshkent shahar Davlat mehnat inspeksiyasi xodimlari bilan hamkorlikda joyiga chiqib o‘rganildi.

Ma’lum bo‘lishicha fuqaro R.R. 2019 yilda O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universitetini davlat granti asosida tugatgan.

2021 yil 1 mayda fuqaro R.R. bilan Toshkent shahar Yunusobod tumani 2-sonli Bolalar-o‘smirlar sport maktabi o‘rtasida mehnat shartnomasi tuzilib, xodim badiiy gimnastika treneri lavozimiga 1 oy sinov muddati bilan ishga qabul qilingan.

Ammo, joriy yilning iyul oyida xodimga ish beruvchi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil
23 sentyabrdagi “Sport maktablari faoliyatini hamda sport maktablari trenerlari va mutaxassislari mehnatini moddiy rag‘batlantirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 211-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 24 va 25-bandlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining 2020 yil 9 yanvardagi 20-sonli buyrug‘ining 3 va 4-ilovalarining ijrosi ta’minlamaganligi sababli, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 100-moddasi 3 va 4-bandlariga asosan R.R. bilan mehnat shartnomasi bekor qilinishi to‘g‘risida ogohlantirish xati berilgan.

Ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar Yunusobod tumani 2-sonli Bolalar-o‘smirlar sport maktabi direktorining COVID-19 bilan og‘rigani va karantinga olinganligi sababli uning o‘quv ishlar buyicha o‘rinbosaridan tushuntirish so‘ralganda, u trener R.R.ga to‘garakka qatnashadigan o‘quvchilarni to‘liq jamlanmaganligi va xodim tomonidan ushbu to‘garrakka qatnashish uchun o‘quvchilarni qidiruv ishlarini amalga oshirmaganligi uchun ishdan bo‘shatish to‘g‘risida ogoxlantirish xati berilganligini ma’lum qildi.

Shuni ta’kidlash joizki, yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlarning xech birida, qolaversa R.R.ning xizmat yo‘riqnomasida maktab trenerlari to‘garakka qatnashadigan o‘quvchilar qidiruvini amalga oshirishi to‘g‘risidagi band yo‘q.

Bundan tashqari, o‘rganish ishlari davomida O‘zbekiston Mehnat kodeksining 100-moddasi ikkinchi qismining 3 va 4-bandlariga muvofiq R.R.da o‘z mehnat vazifalarini muntazam ravishda buzganligi yuzasidan ta’sir choralari mavjud emas, bundan tashqari mehnat vazifalarini bir marta qo‘pol ravishta buzishga olib keluvchi hech qanday asos yo‘qligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holatda mehnat qonunchiligi aslida xodim tomonidan emas, ish beruvchi tomonidan qo‘pol ravishda buzilganligi aniqlandi. Ya’ni Mehnat kodeksining 101-moddasiga binoan, ish beruvchi tomonidan jamoa shartnomasida belgilangan bo‘lishiga qaramay Kasaba uyushmasiga taqdimnoma kiritilmagan hamda kasaba uyushmasining roziligi olinmagan.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, maktabning o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosariga xodimning mehnat xuquqlari buzilganlik holatlari bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi va kelajakda bu kabi qonun buzilish holatlariga yo‘l qo‘yilmasligi yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi. Shuningdek, joriy yil 26 avgust sanasida maktabning o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosariga nisbatan ba’zaviy hisoblash miqdorining o‘n barobari, ya’ni 2 450 000 (ikki million to‘rt yuz ellik ming) so‘m miqdorida jarima solindi va undirildi. Hozirda ishdan bo‘shatilishi bo‘yicha ogoxlantirilgan maktabning badiiy gimnastika treneri o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Matbuot xizmati


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!