“Olx” platformasidagi yolg‘on e’lonlardan ehtiyot bo‘ling

“Olx” platformasidagi yolg‘on e’lonlardan ehtiyot bo‘ling

Andijon viloyati, Baliqchi tumanida yashovchi 31 yoshli N.A. ariza bilan murojaat qilib, “Olx” platformasi orqali Toshkent shahrida xonadonlarni ijaraga berish yuzasidan joylangan e’lon bo‘yicha, “Ruslan” ismli shaxsga oldindan to‘lov sifatida 3.000.000 so‘m pullarni uning bank kartasiga o‘tkazganligini, lekin “Ruslan” bergan va’dasini bajarmasdan, aloqani uzib, aldab ketganligini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni, Jizzax viloyati, Jizzax shahrida yashovchi 29 yoshli G.G. sodir etganligi aniqlandi.

Unga ko‘ra, G.G. o‘z ismini “Ruslan” deb nomlab, “Olx” platformasida Toshkent shahrida xonadonlarni ijaraga berish yuzasidan yolg‘on e’lonlarni joylashtirib, ishonchiga kirgan fuqarolardan bank kartasida saqlangan pullarni o‘zlashtirib, qing‘ir yo‘llar bilan boylik orttirib kelayotganligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi "g" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, G.G.ning sodir etilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tergov, tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi "g" bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!