Oltinko‘l tumaniga ham yangi hokim tayinlandi

Oltinko‘l tumaniga ham yangi hokim tayinlandi

Xalq deputatlari Oltinko‘l tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Andijon viloyati Oltinko‘l tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib Obidov Maxamadmuso Oripjonovich tayinlandi.

Obidov Maxamadmuso Oripjonovich 1984 yilda Andijon viloyatining Marhamat tumanida tug‘ilgan. 2005 yilda Andijon muhandislik iqtisodiyot instituti tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2005 yili «O‘zsanoatqurilishbank» Bunyodkor filiali pul muomalasi va naqd pul mablag‘larini berilishini monitoring qilish bo‘yicha maxsus shu’basi 1-toifali mutaxassisi, yetakchi mutaxassisi vazifasidan boshlagan.

2008-2022 yillarda Andijon viloyati inkassasiya boshqarmasi pul tushumini nazorat va tahlil qilish bo‘limi boshlig‘i, «O‘zsanoatqurilishbank» Bunyodkor filiali pul muomalasi va naqd pul mablag‘larini berilishini monitoring qilish bo‘yicha maxsus sektor mudiri, pul muomalasi va monitoring qilish maxsus sektor mudiri, filial boshqaruvchisining o‘rinbosari, Markaziy bank Andijon viloyati Bosh boshqarmasi banklar va nobank kredit tashkilotlarini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i, kredit tashkilotlarini inspeksiya qilish boshqarmasi boshlig‘i, Markaziy bank Andijon viloyati Bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bank Andijon bo‘limi boshqaruvchisi vazifalarida faoliyat yuritgan.

Tayinlovga qadar Obidov Maxamadmuso Oripjonovich, Qo‘rg‘ontepa tumani «Chorvador» mahalla fuqarolari yig‘ini tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchisi vazifasida faoliyat yuritgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!