Oltinchi kun qamalda qolgan Jabaliya lagerida isroillik askarlar jurnalistlarga qarata o‘t ochdi
Isroil G‘azo sektorida bosqinchilik va qirg‘inbarot urushini boshlaganiga 370 kun bo‘ldi. 24 soat davomida G‘azo sektori, Iordan daryosining G‘arbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir bo‘lgan asosiy voqealar.
▪️Bosqinchilar Xon Yunisga, Jabaliya va Nuseyrat lagerlariga hujum qildi. Kun davomida 72 kishi halok bo‘ldi. Urush boshlanganidan buyon 42 010 kishi shahid bo‘ldi.
▪️Bosqinchilar Al-Sa’diy kasalxonasi hududida ko‘chirilganlar joylashgan chodirlarga hujum qildi. 17 kishi shahid bo‘ldi.
▪️Oltinchi kun qamalda qolgan Jabaliya lagerida isroillik askarlar jurnalistlarga qarata o‘t ochdi. 1 jurnalist halok bo‘ldi, snayper o‘qi ikkinchisini bo‘ynidan yaraladi.
▪️Al-Qassam brigadalari Jabaliya lagerida bosqinchilarning bir “Merkava” tankini portlatib, askarlar guruhini yo‘q qildi.
▪️G‘arbiy Sohilda fuqarolik kiyimidagi Shin Bet a’zolari Balat lagerida mashinaga hujum qildi. 4 falastinlik halok bo‘ldi, ular orasida Al-Aqsa brigadasi rahbari Issam Salaj ham bor.
▪️Tel-Avivda bir falastinlik “pichoq operasiyasi”ni amalga oshirdi. 9 nafar ko‘chmanchi yaralangan.
▪️Iroq qarshilik kuchlari Eylatni raketalar bilan o‘qqa tutdi.
▪️Bosqinchilarning so‘zlariga ko‘ra, «Hizbulloh»ning Hayfa va Kiryat Shmonaga uyushtirgan yirik hujumi 2 ko‘chmanchining o‘limiga sabab bo‘lgan. Oxirgi 24 soat ichida 40 dan ortiq isroillik askar yaralangan.
▪️Bosqinchilar Livanning Baalbek va Tir shaharlariga hujum qildi. Portlatilgan fuqarolik mudofaasi markazida shifokorlar halok bo‘lgan.
▪️Taxminlarga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar Suriyaning Dayr-az-Zor shahriga zarbalar bergan. Ayni paytda bosqinchilar Homsga hujum uyushtirgan.