Oltiariqda paxta qabul qilish punktida yong‘in sodir bo‘ldi
2021-yil 27-sentyabr kuni soat 13:27da Oltiariq tumani “Poloson” MFY, Marg‘ilon ko‘chasida joylashgan paxta qabul qilish punktida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.
Voqea joyiga 9 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 13:35 da yetib borib, soat 14:00 da yong‘in qurshab olingan va soat 14:34 da batamom o‘chirilgan.
Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Hurmatli fuqarolar, paxta tez alanga oluvchi xomashyodir. Mavsumni har tomonlama betalofat o‘tkazishda yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya eting.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)