Oltiariq tumanida gashish giyohvandlik vositasini yonida saqlagan erkak qo‘lga tushdi

Oltiariq tumanida gashish giyohvandlik vositasini yonida saqlagan erkak qo‘lga tushdi

14 sentyabr kuni M.SH. tuman markaziy buyum bozoridan erkaklar oyoq kiyimini o‘g‘irlagan vaqtda ushlanib, IIB binosiga olib kelinib, uni yoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, uning egnida bo‘lgan erkaklar sport shimining chap cho‘ntagida gashish giyohvandlik moddasiga o‘xshash moddani saqlab kelayotgani aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Oltiariq tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish sog‘lig‘ingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishini esdan chiqarmang.

Eslatib o‘tamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!