Oltiariq tumanida firibgarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Oltiariq tumanida firibgarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Oltiariq tumani. 2 fevral kuni fuqaro T.B IIBga murojaat qilib, unda 2022 yilning 3 yanvar kuni noma’lum shaxs internet ijtimoiy tarmog‘ining telegram messendjeri orqali tanishib, tegishli onlayn o‘yini akkauntini sotishligini aytib, 1.300.000 so‘m pullarini plastik kartasiga o‘tkazib olib, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yo‘li bilan pullarni qo‘lga kiritganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Oltiariq tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni A.B sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!