Olti oylik cheklovlar: Britaniyada koronavirusning ikkinchi to‘lqiniga qarshi kurashga kirishdi

Olti oylik cheklovlar: Britaniyada koronavirusning ikkinchi to‘lqiniga qarshi kurashga kirishdi

Britaniya Bosh Vaziri Boris Jonson 22 sentyabr kuni xalqiga murojaat qilib, hozirda tezkorlik bilan tarqalayotgan koronavirusning ikkinchi to‘lqinini bartaraf etish uchun odamlarni uydan ishlashga chaqirdi va restoran hamda barlarning ertaroq yopilishini buyurdi. Ushbu yangi cheklovlar olti oygacha davom etishi mumkin.

Britaniyalik olimlar agar zudlik bilan chora ko‘rilmasa, mamlakatda o‘lim hollari keskin tarzda oshib ketishi mumkinligi haqida Jonsonni ogohlantirishdi. Shundan keyin Jonson mamlakatni mart oyida bo‘lganidek to‘liq karantinga yopmasada, lekin, kasallikning tarqalishi bartaraf etilmagan taqdirda yana yangi cheklovlar joriy qilinishini ma’lum qildi.

“Biz ko‘proq cheklovlarni joriy qilish orqali virusga qarshi yaxshiroq qurollanishimiz mumkin” deydi Bosh Vazir.

Britaniyada bir necha hafta oldin ishchilarning ofislarga qaytishlarini maslahat berishgandi. Lekin, bundan ko‘p vaqt o‘tmay ular yana uydan ishlashga chaqirildi. Shuningdek, Boris Jonson barcha barlar, restoranlar va boshqa joylarning 24 sentyabrdan boshlab kechki soat 10:00 yopilishini buyurgan.

“Biz hozir harakatni boshlashimiz kerak. Bunday qilish bilan biz odamlarimizning ishlashini, do‘konlarimiz va maktablarimiz ochiq qolishini va mamlakatimizni rivojlanishini ta’minlay olamiz” deydi Jonson.

Britaniya olimlari oktyabr oyining o‘rtasiga kelib mamlakatda kunlik kasallanishlar soni 50 000 mingtagacha yetishi mumkinligi haqida ogohlantirishgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!