“Olmos yomg‘irlar” siri ochildi

“Olmos yomg‘irlar” siri ochildi

Popular Mechanics xabariga ko‘ra, amerikalik olimlar Neptun va Uranda topilgan “olmos yomg‘irini” qayta yaratishga muvaffaq bo‘ldi. Tadqiqot ishi SLAC (AQSh) laboratoriyasida amalga oshirildi. Sayyoralar atmosferasi asosan vodorod, geliy va metandan iboratligini yaxshi bilgan mutaxassislar shu kabi sharoitni laboratoriyada ham yaratib, sinov ishlarini amalga oshirdi. Olimlar tadqiqotda rentgen lazeridan foydalanishdi. Metan o‘rniga esa uglevodorod qo‘llashdi. Oxirgi material 4,7 ming darajagacha qizdirildi va bir yarim million bar bosimi ostida joylashtirildi. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, bu 250 Afrika fillari tirnog‘i ustidagi harakati bosimiga tengdir.

Tajribalar natijasida uglevodorodning parchalanishi bilan kimyoviy reaksiya olingan. Ya’ni, uglevodorod olmos shaklida kristallangan va vodorod bug‘langan. Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, tajriba Neptun yadrosi katta miqdorda energiya ishlab chiqarishining sababini yaqqol ochib berdi. Bu quyoshdan olinadigan energiyadan qariyb ikki baravar ko‘p degani. Olimlar olmosning to‘planishi juda katta energiya ishlab chiqaradi degan xulosaga kelishdi. “Ushbu jarayonlarni tushunish yangi ekzokoinotlarning kashf qilinishiga zamin hozirlaydi”, deydi tadqiqotda ishtirok etgan olim Dominik Kraus. “Olmos yomg‘irlari” bilan tajribalar 2017 yilda boshlangan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!