Olmaotada O‘zbekiston fuqarolariga tahdid qilib, majburan ishlatishayotgani ma’lum bo‘ldi

Olmaotada O‘zbekiston fuqarolariga tahdid qilib, majburan ishlatishayotgani ma’lum bo‘ldi

Mamlakatimiz Bosh konsulligiga uch nafar O‘zbekiston fuqarosi mehnat ekspluatasiyasi maqsadida zo‘rlik bilan ushlab turilgan 10 nafar vatandoshni qutqarishda yordam so‘rab murojaat qildi, deya xabar beradi "Dune" IA.

Shikoyatchilarning ta’kidlashicha, bir guruh mahalliy aholi o‘ldirish bilan tahdid qilib, ularning shaxsiy buyumlari va uyali telefonlarini olib, xususiy uyda ushlab turishgan.

Bosh konsullik xodimlari Olmaota shahri huquqni muhofaza qilish organlari vakillari bilan birgalikda O‘zbekiston fuqarolari joylashgan joyga jo‘nab ketishdi, shundan so‘ng fuqarolar Bostandik tumani polisiya bo‘limiga olib ketildi.

Jinoyatchilarga nisbatan Qozog‘iston Jinoyat kodeksining 389-moddasiga binoan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

"Rodnik" jamoat fondi bilan birgalikda fuqarolar bir martalik 3 mahal ovqat bilan ta’minlangan yotoqxonaga joylashtirildi.

Tergov tadbirlari o‘tkazilib, O‘zbekiston fuqarolariga milliy pasportlari va shaxsiy buyumlari qaytarilgandan so‘ng, barcha fuqarolar 1 avgust kuni avtovokzalga Olmaota-Toshkent yo‘nalishidagi reys bilan birga olib borildi.

Fuqarolar O‘zbekistonga xavfsiz yetib kelishdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!