Olmaotada Kanye Uest konserti ommaviy elektr uzilishi sababli bekor qilinishi mumkin — stadionda chiroq yo‘q

Olmaotada Kanye Uest konserti ommaviy elektr uzilishi sababli bekor qilinishi mumkin — stadionda chiroq yo‘q

Bugun soat 21:00 da Kanye Uest Olmaotada sahnaga chiqishi kerak. Konsertga Markaziy Osiyoning turli davlatlaridan, jumladan O‘zbekistondan ham muxlislar kelgan.

Hozirda stadionda elektr energiyasi yo‘q, Qozog‘istonda internet bilan bog‘liq muammolar ham kuzatilmoqda.

❗️ Konsert bekor qilinishi yoki boshqa vaqtga ko‘chirilishi haqida hozircha rasmiy ma’lumot berilmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!