Olmaota metrosida qurolli yigitlar uch nafar maktab o‘quvchisini kaltakladi

Olmaota metrosida qurolli yigitlar uch nafar maktab o‘quvchisini kaltakladi

Olmaotalik fuqaro ijtimoiy tarmoqlarda Olmaota metrosida uch nafar maktab o‘quvchisining kaltaklanganiga qanday guvoh bo‘lganini aytib berdi. Vaziyatga Olmaota polisiya departamenti boshlig‘i o‘rinbosari Rustam Abdrahmonov izoh berdi, deb xabar beradi NUR.KZ muxbiri.

Guvohning so‘zlariga ko‘ra, 21 yanvar kuni soat 18:00 atrofida ishdan uyga qaytayotib, «Rayimbek botir» metro bekatida ikki yigit uch nafar maktab o‘quvchisini yer osti o‘tish yo‘lagida kaltaklaganiga guvoh bo‘lgan.

«Ikkita yigit hech qanday sababsiz uch nafar maktab o‘quvchisini kaltakladi. Yigitlardan biri qurol olib chiqdi, tasavvur qila olasizmi?! U ularga tahdid qila boshladi... Kuppa-kunduz miltiq bilan yurishadi», - deydi ayol.

Olmaota polisiya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Rustam Abdrahmonov nashrga munosabat bildirdi.

«Tekshiruv Jetisu tumani YHXB xodimlariga topshirildi. Hozirda gumonlanuvchilar aniqlanib, qo‘lga olindi. Ish shahar ichki ishlar bo‘limida nazoratga olingan», deb yozadi Abdrahmonov post ostidagi izohlarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!