Olmaota ko‘rilgan taxminiy zararni e’lon qildi

Olmaota ko‘rilgan taxminiy zararni e’lon qildi

Olmaota pogromlardan ko‘rilgan taxminiy zararni e’lon qildi — 112,6 milliard tenge (259 million dollar)

Bu haqida Olmaota merining o‘rinbosari Ilyos Userov odatiy hayot tarzini ta’minlashni tiklash bo‘yicha shahar shtabining yig‘ilishida ma’lum qildi.

Ma’ruzachining so‘zlariga ko‘ra, yetkazilgan zararni aniqlash ishlari hamon davom etmoqda.

Ko‘rilgan zarar miqdori:
— ma’muriy binolar – 22,6 mlrd;
— moddiy-texnik baza – 16,7 mlrd;
— avtomobillar – 1,9 mlrd;
— biznes — 67 mlrd.

Tartibsizliklarda nooziq-ovqat do‘konlari eng ko‘p zarar ko‘rdi – 20,9 milliard tenge.

Shuningdek, tartibsizliklar qurol-yarog‘ do‘konlariga (6,4 milliard tenge), oziq-ovqat do‘konlariga (5,7 milliard tenge), lombardlarga (2,9 milliard tenge), umumiy ovqatlanish ob’ektlariga (1,8 milliard tenge) zarar yetkazgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!