Olis Tomdi tumanida ham “Iste’molchilar uyi” foydalanishga topshirildi

Olis Tomdi tumanida ham “Iste’molchilar uyi” foydalanishga topshirildi

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi tomonidan “Jamiyat – islohotlar tashabbuskori” g‘oyasini amalda ro‘yobga chiqarish, fuqarolik jamiyatlari institutlarining davlat va jamiyat ishlaridagi faolligini oshirish, O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha harakatlar strategiyasida belgilab berilgan jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirishda nafaqat davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek tadbirkorlik sub’ektlari bilan ijtimoiy sheriklik asosida mahalliy hokimliklar amaliy ko‘magida bir qator ijtimoiy ahamiyatli loyihalar ishlab chiqilib, amalga tadbiq etilmoqda.

Iste’molchilik sohasida fuqarolarning murojaatlari bilan ishlashning yangicha tizimini joriy etish, murojaatlarning joyida tizimli ko‘rib chiqilishida mutasaddi organlar bilan hamkorlikning yangicha mexanizmlarini joriy qilish, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish hamda aholining huquqiy bilimlarini oshirishga ko‘maklashish, kutubxonalar faoliyatini tashkil etish maqsadida, “Iste’molchi kutubxonasi” hamda “Iste’molchilar uyi” loyihalari ishlab chiqilib, loyiha doirasida bugungi kunda 30 dan ortiq tuman va shaharlarda “Iste’molchi kutubxonasi” va “Iste’molchilar uyi” ma’muriy komplekslari qurilib foydalanishga topshirildi.

Navoiy viloyatining olis cho‘l hududi – Tomdi tumanida joylashgan «Iste’molchilar uyi» ma’muriy komleksining ochilish marosimi  o‘tdi. 

Unda tuman hokimi Qayrat Aldabergenov, O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi raisi Jahongir Sarimsoqov, Senator Ulug‘bek Fayziyev yurtimizda aholining iste’molchi sifatida huquqlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida to‘xtalib, Prezidentimizning 2018 yil 4 maydagi “Mamlakatni demokratik yangilash jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarining rolini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni muhim ahamiyat kasb etayotganini alohida qayd etdi.

Ta’kidlash joizki, ushbu “Iste’molchilar uyi” ma’muriy komleks “Zarafshon Golden Group” kompaniyasi homiyligi asosida qurildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!