Olis hududlarda ko‘mir, gaz va oziq-ovqat zaxiralari yaratiladi

Olis hududlarda ko‘mir, gaz va oziq-ovqat zaxiralari yaratiladi

“Iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha ob’ektlari va ko‘p kvartirali uy-joy fondini 2022/2023 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (522-son, 23.09.2022 y.) qabul qilindi.

🔰 Qarorga ko‘ra, 2022/2023 yillar kuz-qish davrida respublika bo‘yicha:

🔹2,967 ta ko‘p kvartirali uylar;

🔹299 ta gaz taqsimlash punktlari;

🔹1,815.3 km ichimlik suvi tarmoqlari;

🔹2,420 ta ijtimoiy soha ob’ektlari (jumladan, 13 ta maktab, 74 ta shifoxona va poliklinika, 7 ta OTM, 47 ta madaniyat ob’ektlari, 11 ta sport ob’ektlari mukammal) ta’mirlanadi;

🔹149 km gaz quvurlarini tiklash-ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi;

🔹6,209 ta mahallaga 314,400 tonna suyultirilgan gaz yetkazib beriladi;

🔹1,680,000 tonna ko‘mir mahsulotlari zaxirasi yaratiladi (shundan ijtimoiy soha ob’ektlariga 518,000 tonna ko‘mir yetkazib beriladi);

🔹443 ta olis va borish qiyin bo‘lgan qishloq (ovul)larda ko‘mir, gaz va oziq-ovqat zaxiralari yaratiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!