Olimpiya o‘yinlarida qatnashish uchun mablag‘ yig‘ish maqsadida qahva sotgan terma jamoa

Olimpiya o‘yinlarida qatnashish uchun mablag‘ yig‘ish maqsadida qahva sotgan terma jamoa

Buyuk depressiya tufayli 1932 yilda Braziliya hukumati sportchilarni Olimpiya o‘yinlariga yuborish uchun pul topa olmagan. Biroq, vaziyatdan chiqish yo‘li axiyri topilgan — 82 nafar sportchidan iborat delegasiya qahva bilan birga kemaga chiqarilgan. Ular bu ichimlikni Amerikaga qadar sotib ketishlari shart edi.

Los-Anjeles portida har bir sportchi mahalliy hokimiyat organlariga bir dollardan badal puli to‘lashi kerak edi, ammo pul hamma uchun yetarli bo‘lmaganligi uchun faqat eng yaxshi sportchilar kemani tark etishgan. Kema San-Fransiskoga suzib borganidan so‘ng u yerda yana bir partiya qahva sotishgan. Shu tariqa 82 sportchidan 15 nafari hech qachon Olimpiada o‘yinlarida ishtirok eta olmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!