Olimlar Somon yo‘lidagi eng yosh sayyorani aniqlashdi

Olimlar Somon yo‘lidagi eng yosh sayyorani aniqlashdi

Astronomlar so‘nggi 30 yil ichida besh mingdan ziyod ekzosayyoralarni aniqlashdi, deb xabar beradi korrespondent.net.

Ulardan eng oxirgisi galaktikamizda aniqlanganlari orasida eng yoshi bo‘lib chiqdi.

Ekspertlar taxminiga ko‘ra, ushbu AS 209 sayyorasi Yerdan 395 yorug‘lik yili olisda joylashgan. U shu darajada yoshki uning atrofida hali-hamon protoplanet disk joylashgan. Mazkur disk gaz va chang yig‘indisidan tarkib topgan bo‘lib, undan sayyoralar hosil bo‘ladi.

Qayd etilishicha, ushbu sayyora taxminan Yupiter vazniga yaqin. Lekin o‘z yulduzidan juda olisda joylashgan. Mazkur ekzosayyora o‘z yulduzidan 30 milliard kilometr olisda joylashgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!