Olimlar koronavirus sababli umr ko‘rish davomiyligi keskin pasayganligini aniqladi

Olimlar koronavirus sababli umr ko‘rish davomiyligi keskin pasayganligini aniqladi

Ikkinchi jahon urushi yakuniga yetganidan so‘ng, koronavirus pandemiyasi eng rivojlangan mamlakatlarda umr ko‘rishning o‘rtacha yoshi qisqarishiga olib keldi. Britaniyaning Oksford Universiteti olimlari bunday xulosaga keldi, ular 29ta davlatda tadqiqot olib bordi.

Bu haqda RIA Novosti Oksford olimlarining Xalqaro epidemiologiya jurnalida chop etilgan tadqiqotiga asoslanib xabar qildi.
Universitet tadqiqotchilari ma’lum qilishicha, COVID-19 ko‘proq keksa yoshli insonlar o‘limiga sababchi bo‘lgan.
"2020 yildagi inson yo‘qotishlar ko‘lami g‘arbiy Yevropaning qator (Ispaniya, Buyuk Britaniya, Italiya, Belgiya, Fransiya, Niderlandiya) davlatlarida ikkinchi jahon urushi o‘z yakunini topgandan beri kuzatilmagan”, - deb belgilashgan maqola mualliflari.
Olimlar guruhi, shuningdek, AQShda erkaklar orasida umr uzunligi – 2,2 yilga, Litvada esa – 1,7 yilga qisqarganini e’tirof etishdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!