Olimlar koronavirus dastlab qayerdan tarqalganini aniqladi

Olimlar koronavirus dastlab qayerdan tarqalganini aniqladi

Koronavirus bo‘yicha tadqiqot olib borgan mualliflar kovid Uxandagi dengiz mahsulotlari va yovvoyi hayvon go‘shti bozoridan kelganini ko‘rsatuvchi dalillarni topdi. Bu haqda «Science» xabar berdi.

Tadqiqotchilar 2020 yil boshida Xitoyning Uxan shahrida virusning birinchi tarqalishi haqidagi barcha mavjud ma’lumotlarni qayta ko‘rib chiqqan. Bu bo‘yicha ikkita tadqiqot olib borilgan. Birinchi tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, kasallikning dastlabki holatlari ushbu bozorda bo‘lgan odamlar bilan bog‘liq.

Ikkinchi tadqiqotda aytilishicha, koronavirusning birinchi shtami inson tanasiga 2019 yilning noyabr–dekabr oylarida kirgan. Ikkala tadqiqotni olib borgan mualliflar kovid shtami 2019 yil oxirida Uxandagi Xuanan dengiz mahsulotlari ulgurji bozorida sotilgan yovvoyi hayvon go‘shtida bo‘lganini ta’kidlagan.

Tadqiqotda ishtirok etgan Glazgo universiteti virusologi Devid Robertson yangi ma’lumotlar COVID-19’ning laboratoriya kelib chiqishi haqidagi yolg‘on ma’lumotlar tarqalishini to‘xtatishiga umid bildirgan.

Professorning so‘zlariga ko‘ra, virusning hayvondan odamga birinchi yuqishi 2019 yil 18 noyabrda sodir bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!