Olimlar ichkilikka moyil kasblarni aniqladi

Olimlar ichkilikka moyil kasblarni aniqladi

Buyuk Britaniyada o‘tkazilgan tadqiqotda spirtli ichimliklarni iste’mol qilishning eng yuqori darajasi qurilish va ishlab chiqarish sohalarida ishlaydigan erkak va ayol rahbarlarda aniqlandi.

Liverpul universiteti olimlari uzoq muddatli tadqiqot qatnashchilari ma’lumotlarini tahlil qildi. Kasb-hunar va spirtli ichimliklarni iste’mol qilish o‘rtasidagi bog‘liqlikni baholash uchun olimlar 2006 yildan 2010 yilgacha Buyuk Britaniyaning Biobank ma’lumotlar bazasiga kiritilgan 40 yoshdan 69 yoshgacha bo‘lgan yuz mingdan ortiq odamlarning ma’lumotlarini tahlil qildi.

Olimlar erkaklar orasida spirtli ichimliklarni iste’mol qilish qurilish va sanoat mutaxassisliklari, shuningdek farroshlar orasida eng yuqori, ruhoniylar, tibbiyot amaliyotchilari, fiziklar, geologlar va meteorologlar orasida eng past ko‘rsatkichda ekanligini qayd etishdi.

Ayollar orasida yuqori va o‘rta menejerlar eng ko‘p ichkilikka berilganligi, maktab o‘qituvchilari, shifokorlar va olimlar ichkilikka deyarli qaram emasligi aniqlandi.

Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, ko‘p ichkilik ichadigan guruhlarini aniqlash uchun faoliyat turidan tashqari jins ham hisobga olingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!