Olimlar: Erta turmush qurish alkogolizm xavfini oshiradi

Olimlar: Erta turmush qurish alkogolizm xavfini oshiradi

Erta turmush qurish alkogolizm xavfini oshirishi mumkin.

Bu haqda "Development and Psychopathology" jurnalida nashr etilishga tayyorlanayotgan AQShning Virjiniya universiteti tadqiqotchilari tomonidan e’lon qilingan maqolada ma’lum qilindi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, tadqiqot jarayonida ichlikka kuchli ruju qo‘ygani haqida mutaxassislarga ma’lum qilgan 21-25 yoshgacha bo‘lgan mingga yaqin insonlar ishtirok etishgan.

Natijada ma’lum bo‘lishicha, spirtli ichimliklarni haddan tashqari iste’mol qilganlarning ko‘pchiligi erta turmushga chiqqan yoki uylanganlar bo‘lib chiqqan.

“Nikoh unga moyilligi bor odamlarda alkogolizm xavfini kamaytirishini ta’kidlash quvonarli holat”, deya holatni izohlashgan maqola mualliflari.

Biroq, qayt etilishicha, bundan oldin ushbu sohadagi o‘tkazilgan tadqiqotlarning barchasida kattalarga e’tibor qaratilgan. Ammo bu safargi kuzatuvlar yoshlarning erta turmush qurishi alkogolga bo‘lgan moyilligini yanada kuchaytirishini aniqlashga imkon bergan.

“Erta turmush qurgan yoshlar, bu jarayonda ehtimolki, bir-birlariga yaxshi ma’noda ta’sir qilishmaydi”, deyishmoqda olimlar, ayni shu jihat ruhiy muammolar va psixoaktiv moddalarni, shu jumladan, spirtli ichimliklarni iste’mol qilish uchun qulay muhit yaratishi mumkinligini qo‘shimcha qilishar ekan.

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!