Ogoh bo‘ling! Koronavirus yuqishi mumkin bo‘lgan 3ta joy

Ogoh bo‘ling! Koronavirus yuqishi mumkin bo‘lgan 3ta joy

Oliy toifali shifokor, otolaringolog Vladimir Zaysev koronavirus yuqtirish ehtimoli yuqori bo‘lgan joylar haqida gapirib berdi. Bu haqda "Yulduz" kanali xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, savdo markazlarida joylashgan oziq-ovqat do‘konlarida xavf mavjud.

Shunday qilib, infeksiya xavfini minimallashtirish uchun siz supermarketda iloji boricha ozroq bo‘lishingiz kerak. Bundan tashqari, boshqa mijozlar bilan xavfsiz masofa saqlashingiz lozim.

Shifokor dorixonalarni ikkinchi xavfli joy deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u yerga ham sog‘lom, ham kasal odamlar keladi.

Koronavirus yuqishi mumkin bo‘lgan uchinchi joy deb mutaxassis yoqilg‘i quyish shaxobchalarini aytib o‘tdi. Avtomobilga benzin quyadigan xodimlar bo‘lmagan paytda siz ko‘plab haydovchilar foydalanadigan shlangdan infeksiyani yuqtirib olishingiz mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!