OFK prezidenti Infantinoni qo‘llab-quvvatlagan Qatarni tanqid qildi

OFK prezidenti Infantinoni qo‘llab-quvvatlagan Qatarni tanqid qildi

Osiyo futbol konfederasiyasi (OFK) prezidenti Salmon bin Ibrohim Al-Xalifa FIFA prezidenti Janni Infantinoni qo‘llab-quvvatlagan Qatar futbol assosiasiyasini tanqid qildi.

Reuters ma’lumotiga ko‘ra, Infantinoni Marokash, Qatar va yana to‘rtta arab mamlakati futbol federasiyalari qo‘llab-quvvatlagan.

"Qit’a miqyosidagi birdamlik birinchi darajali ahamiyat kasb etayotgan bir paytda, sizning hozirgi pozisiyangiz va OFK prezidentining qonuniy vakolatlarini shubha ostiga qo‘yayotgan harakatlaringiz Osiyo futboli birligiga putur yetkazmoqda. Bu esa jahon miqyosida Osiyo futbol oilasi manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha umumiy imkoniyatlarimizni zaiflashtiradi", — deya Al-Xalifaning so‘zlarini keltiradi The Times.

Avvalroq FIFA yangi tijoriy tuzilmaning ma’lum ulushini xususiy investorlarga sotish orqali 4,2 milliard dollar jalb qilish niyatida ekanini ma’lum qilgandi. Ushbu tashabbus futbol tashkilotlari tomonidan keskin tanqidga uchragach, FIFA loyihani amalga oshirishdan voz kechdi.

The Telegraph xabariga ko‘ra, mazkur tijoriy loyiha atrofidagi mojarodan keyin UYEFA Infantino FIFA prezidenti lavozimidan o‘z xohishi bilan ketmasa, unga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirishni rejalashtirmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Shahnoza Mirziyoyeva Musulmon Yunusovning murojaatiga munosabat bildirdi

Шаҳноза Мирзиёева фуқароларнинг мурожаат ва фикр-мулоҳазалари тизимдаги камчиликларни аниқлаш ва уларни бартараф этишда муҳим аҳамиятга эга эканини таъкидлади.

Toshkent davlat yuridik universitetida kontrakt narxlari keskin oshdi

2026/2027 ўқув йили учун Тошкент давлат юридик университетида тўлов-контракт миқдорлари тасдиқланди.

Farg‘onada ko‘p qavatli uy "podvalida" akula boqilayotgani aniqlandi