“Odnoklassniki”da endi fotosuratlarga stiker yopishtirish imkoniyatingiz mavjud

“Odnoklassniki”da endi fotosuratlarga stiker yopishtirish imkoniyatingiz mavjud

Odnoklassniki ijtimoiy tarmog‘ida fotosuratni tarmoqda chop qilishdan oldin unga stiker yopishtirish imkoniyati yaratildi. Bu xizmat tufayli foydalanuvchilar esdalik rasmlarini nafaqat o‘z do‘stlari va yaqinlari bilan baham ko‘rishlari mumkin, balki ularni yorqin hissiyotlar va tasvirlar bilan boyitishlari ham mumkin bo‘ldi. Ushbu imkoniyatni Android uchun OK ilovasida sinab ko‘rishingiz mumkin.

Stikerlar yordamida fotosuratni bezashingiz, unga kulgili ibora joylashtirishingiz, hattoki fotosurat va unga mos keladigan rasm bilan romantik voqeani tasvirlab berishingiz mumkin. Bundan tashqari, OKda mashhur insonlarning stikerpaklari ham paydo bo‘ldi, shu tufayli endi o‘z fotosuratlaringizda yulduzlarning rasmlaridan foydalanishingiz mumkin: IOWA guruhining ijrochisi yoki Ilya Lagutenkoning rasmlari. Fotosuratni smartfondan yuklab olgandan keyin va uni chop etishdan oldin stikerni joylashtirishingiz mumkin.

Oxirgi bir oy mobaynida OK stikerlar peshtaxtasini sezilarli darajada yangiladi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ixtiyoriga o‘nlab turdagi stikerpaklar topshirildi, foydalanuvchilar ular yordamida o‘zlarining shaxsiy xabarlarida hissiyotlarini baham ko‘rmoqdalar: ushbu davr mobaynida yuborilgan stikerlar soni 10 marotaba oshdi.

Shu bilan birga OKda turli xildagi qiziqishlarga ega insonlar uchun stikerlar yaratildi: geymerlar uchun, ofis xodimlari uchun, qarindoshlarning keskin iboralari aks ettirilgan stikerlar, hattoki dadil yakkashohcha aks ettirilgan stikerlar. Bu imkoniyatlar orqali OK foydalanuvchilari o‘zlariga mos keladigan stikerlar ro‘yxatini tuzishlari va har qanday vaziyatga to‘g‘ri keladigan stikerni tanlashlari mumkin.

Bundan oldin Odnoklassniki “Fotomomenti” xizmatini ishga tushirgan edi. Ushbu xizmat orqali smartfoningizdagi maxsus tanlab qo‘yilgan fotosuratlarni bir klik yordamida yaqinlaringiz bilan baham ko‘rish imkoniyati paydo bo‘ldi. Yangi xizmat yaqin paytlarda olingan fotosuratlarni jamlab, chop etish uchun tayyor albom holiga keltiradi va sizga ularni yangiliklar lentasida chop etishingizni taklif etadi.

Kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!