“Odamlar kalamushlarni yemoqda”: Myanmada joriy qilingan ikkinchi lokdaun sabab aholi ocharchilikka yo‘liqdi

“Odamlar kalamushlarni yemoqda”: Myanmada joriy qilingan ikkinchi lokdaun sabab aholi ocharchilikka yo‘liqdi

Shu yilning mart oyida Myanmada ilk bor koronavirus qayd etilganidan keyin 36 yoshli Ma Su o‘zining salat sotadigan do‘konchasini yopdi va ovqat sotib olish uchun o‘zidagi taqinchoqlar va tillani garovga berdi.

Sentyabr oyiga kelib Myanmaning Yangon shahrida koronavirus tarqalishini to‘xtatish uchun ikkinchi marta lokdaun (favqulodda holatlarda barcha uydan chiqmaydigan holat) joriy qilinganidan keyin Ma Su yana do‘konini yopishga majbur bo‘ldi. Bu safar Su tirikchiligini o‘tkazish uchun kiyimlari va idish-tovoqlarini sotdi.

Ma Su oilasi bilan Yangon shahri yaqinidagi xarobalarda yashaydi. Suning ishsiz va hech vaqosiz qolgan eri o‘zlari yashaydigan xarobalar yaqinida ovqat qidirishga majbur bo‘lmoqda.

“Odamlar kalamush va ilonlarni yemoqdalar. Ular daromadsiz qolganlari uchun shu yo‘l orqali bolalarini boqishmoqda” deydi Su.

Myanma janubiy-sharqiy Osiyodagi koronavirusdan eng ko‘p aziyat chekayotgan mamlakatdan biri bo‘lib turibdi. Bu mamlakatda hozirgacha 40 mingdan ortiq odam COVID-19 ni yuqtirib olgan va ularning mingdan ortig‘i vafot etgan. Yangon shahrida joriy qilingan cheklovlar esa Ma Su kabi yuz minglab odamlarni ishsiz va ovqatsiz qoldirdi.

53 million aholi yashaydigan Myanmada koronavirus pandemiyasidan oldin ham aholining uchdan bir qismi kambag‘allik darajasiga tushib qolishga moyil edi. Hozirgi kundan yuzaga kelgan iqtisodiy inqiroz esa ko‘pchilikning kambag‘alga aylanishiga olib kelmoqda. Myanma iqtisodiyotida katta o‘rinni egallaydigan turizm va kiyim-kechak sektorlari cheklovlar sabab faoliyatini to‘xtatgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!