Odam savdosidan jabrlanganlar uchun ijtimoiy xizmatlar tizimi kengaytirildi

Odam savdosidan jabrlanganlar uchun ijtimoiy xizmatlar tizimi kengaytirildi

Odam savdosidan jabrlangan shaxslar ijtimoiy xizmatlar bilan qamrab olinadi.

Farmonga ko‘ra, odam savdosidan jabrlangan erkaklar, chet el fuqarolari va maxsus dasturlar asosida O‘zbekistonga olib kelingan repatriantlar faqat Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish bo‘yicha respublika reabilitasiya markaziga (ixtisoslashgan markaz) qabul qilinadi.

📋 Ixtisoslashgan hududiy markazlarning odam savdosidan jabrlangan shaxslarni qabul qilish va ularga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq faoliyati ixtisoslashgan markaz tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.

⏰ Odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslar – 1 oy davomida, odam savdosidan jabrlangan deb tan olingan shaxslar esa ko‘pi bilan 6 oy davomida ixtisoslashgan markaz yoki ixtisoslashgan hududiy markazlar xizmatidan foydalanadi. Bunda:

🔹 shaxslar ularga odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxs maqomi berilgan kundan e’tiboran 1 oy ichida, odam savdosidan jabrlangan deb tan olingan shaxs maqomi berilgan kundan e’tiboran esa bir yil ichida ixtisoslashgan markaz yoki ixtisoslashgan hududiy markazlar xizmatlaridan foydalanish yuzasidan murojaat qilishi mumkin;

🔹 ixtisoslashgan markaz yoki ixtisoslashgan hududiy markazlar xizmatlaridan foydalangan bir shaxs dastlabki identifikasiya qilinganligi holati bo‘yicha takroran ushbu markazlarga joylashtirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

🤑 Odam savdosidan jabrlangan shaxslarning ixtisoslashgan markaz yoki ixtisoslashgan hududiy markazlarga kelib-ketishi bilan bog‘liq transport xarajatlari tegishli markazning tavsiyasiga asosan “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan quyidagi miqdorlarda qoplab beriladi:

🔸 ixtisoslashgan markazga kelib-ketish uchun – BHMning 1 baravari miqdorida;

🔸 ixtisoslashgan hududiy markazlarga kelib-ketish uchun – BHMning yarim baravari miqdorida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Yaponiya aholisini jadal sur’atda yo‘qotmoqda

Мамлакат фуқаролари сони 42 йил ичида биринчи марта 120 миллиондан камайди, туғилиш кўрсаткичи эса тарихий минимумни янгилади

Husanovning do‘sti rekord narxga transfer qilindi

«Лидс» клуби «Манчестер Сити» дарвозабони Жеймс Траффорднинг трансферини расман эълон қилди.

Namanganda qariyb yarim milliardlik jirkanch jinoyat fosh bo‘ldi

Ҳолат юзасидан жиноят иши қўзғатилди.