Ochiq aytish kerak, tadbirkorlarimiz qurilish qilish va qurilish materiallari ishlab chiqarishni o‘rganib oldi

Ochiq aytish kerak, tadbirkorlarimiz qurilish qilish va qurilish materiallari ishlab chiqarishni o‘rganib oldi

Yig‘ilishda so‘nggi besh yilda qurilish sohasi iqtisodiyotimizning “drayver” yo‘nalishiga aylangani ta’kidlandi. Bu davrda:

- 250 ming xonadonli 8 mingdan ortiq ko‘p qavatli uylar, 21 ming servis-xizmat ko‘rsatish va 10,5 ming ijtimoiy soha ob’ekti qurildi, 31 ming korxona tashkil etildi;

- qurilishda ruxsat berish jarayonlari 17 tadan 6 tagacha, yer ajratishdan boshlab qurilishga ruxsat olishgacha bo‘lgan muddat 286 kundan 86 kunga qisqardi;

- “Shaffof qurilish” dasturi yaratilib, tenderlarda qatnasha oladigan qurilish korxonalari soni 18 mingga yetdi;

- natijada qurilish ishlari hajmi 4 baravarga oshib, 2021 yilda 107 trillion so‘mni, joriy yil 5 oyida esa 46 trillion so‘mni tashkil etdi.

“Ochiq aytish kerak, tadbirkorlarimiz qurilish qilish va qurilish materiallari ishlab chiqarishni o‘rganib oldi.
Lekin sohada hali yechimini kutayotgan eng katta masala, bu – loyihalash va sifat.

Loyihalarga to‘g‘ri yechim topish, mahalliy materiallarni ishlatish orqali qurilish qiymati va tannarxini bemalol 10 foizga kamaytirsa bo‘ladi.

Bu har yili 10 trillion so‘mni iqtisod qilib, boshqa ehtiyojlarga ishlatish mumkin, degani”, deb ta’kidladi Prezident.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!